Behzod Abdurahmonov O’zbekistonda «Visa» rahbari bo’ldi

U kompaniyada deyarli to'rt yildan beri ishlaydi 

Behzod Abdurahmonov O’zbekistonda «Visa» rahbari bo’ldi

«Visa» to’lov tizimi Behzod Abdurahmonovni O’zbekistonda rahbar etib tayinladi. Bu haqda Kapital.uz’ga kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi lavozimida u O’zbekistonda «Visa» biznesini boshqarish, bozorni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, hamkorlarga qulay va xavfsiz raqamli to’lovlarga bo’lgan talabni qondirishga yordam beradi.

Abdurahmonov «Visa»da 2020 yilda O’zbekiston va Turkmaniston banklarida biznesni rivojlantirish bo’yicha menejer sifatida ish boshladi. Bundan oldin u chakana bank biznesi, innovatsiyalar, shuningdek, kartalar va to’lov tizimlari sohasida 15 yildan ortiq tajriba to’plagan.

Visa uchun O’zbekiston strategik muhim bozor hisoblanadi. O’tgan yili kompaniya Toshkentda o’z ofisini ochdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Surxondaryoda Xitoy kompaniyalariga $10 mlrdlik 95 ta loyiha taqdim etildi
/
Surxondaryoda Xitoy kompaniyalariga $10 mlrdlik 95 ta loyiha taqdim etildi
Toshkent hokimi: “Birorta ham bozor yopilmaydi”
/
Toshkent hokimi: “Birorta ham bozor yopilmaydi”
Toshkent iqtisodiyoti 2030-yilgacha $60,4 mlrdga yetkaziladi
/
Toshkent iqtisodiyoti 2030-yilgacha $60,4 mlrdga yetkaziladi