“Uzum Market” sotuvchilar uchun yangi ish sxemasini ishga tushirdi
Tadbirkorlar o'z omborlarini va tovarlarni bozorga yetkazib berishni mustaqil ravishda boshqarishlari mumkin
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
10-oktyabrdan “Uzum Market” hamkorlar bilan ishlashning yangi sxemasi “FBS”ni (Fulfilment by Seller) ishga tushirdi.
Bu orqali sotuvchilar mahsulot stoki, qadoqlashni mustaqil boshqarishi va mahsulotlarni o‘z omborida saqlashi mumkin bo‘ladi.
Xaridordan buyurtma olingandan so’ng 48 soat ichida sotuvchi mahsulotni qadoqlab va uni “Uzum Market” omboriga yetkazib berishi kerak. Shuningdek sotuvchi ombori ish rejimini mustaqil belgilaydi.
Komissiya va logistika yig‘im shartlari FBS modeli bo‘yicha ishlaydiganlarga ham, FBO modeli bo’yicha ham bir xil bo‘ladi. O‘z omborxonalariga ega sotuvchilar, ishlab chiqaruvchilar va distribyutorlar hamda oflayn do‘konlar egalari milliy marketpleys bilan ishlashning qulay sxemasini tanlash imkoniyatiga ega bo’ladi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ