Toshkentda 40 ta yangi yoqilg‘i quyish stansiyalari quriladi

Loyihalar davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilib, shahar kirish qismida yangi avtoturargohlar ham barpo etiladi

Toshkentda 40 ta yangi yoqilg‘i quyish stansiyalari quriladi

Toshkent shahrida soddalashtirilgan tartibda avtomobillar uchun 40 ta yoqilg‘i quyish stansiyalari quriladi. Bu haqda shahar kengashi qaror qabul qildi.

Qaror bilan, shuningdek, Olmazor tumani Jiydali mahallasi Katta halqa yo‘li ko‘chasida fud kourt va sport maydonchalarini o‘z ichiga oladigan majmua tashkil etiladi.

Bundan tashqari, Toshkentga voha viloyatlaridan kirib kelish — Chilonzor tumani Beshqo‘rg‘on mahallasi va Katta Do‘mbirobod mahallasida avtoturargohlar quriladi.

Loyihalar 10 yil muddatda davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladi.

Avvalroq Toshkentda uzunligi qariyb 100 km bo‘lgan halqa va yangi xalqaro aeroport yo‘nalishida shahar markazi orqali o‘tuvchi magistral pulli yo‘llari qurilishi haqida yozgan edik.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda A toifadagi omborlar taqchilligi 3,5 mln kvadrat metrga yetdi
/
O‘zbekistonda A toifadagi omborlar taqchilligi 3,5 mln kvadrat metrga yetdi
Ipoteka bo‘yicha soliq imtiyozlari avtomatik tarzda qaytarilishi rejalashtirilmoqda
/
Ipoteka bo‘yicha soliq imtiyozlari avtomatik tarzda qaytarilishi rejalashtirilmoqda
Tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlardagi valyuta mablag‘laridan boshqa maqsadlarda foydalanishga ruxsat berildi
/
Tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlardagi valyuta mablag‘laridan boshqa maqsadlarda foydalanishga ruxsat berildi