Ilon Mask USAID agentligi yopilishi haqida e’lon qildi

Uning aytishicha, Tramp uning yopilishini qo‘llab-quvvatlagan

Ilon Mask USAID agentligi yopilishi haqida e’lon qildi

Tadbirkor va AQSh hukumati samaradorlik departamenti (DOGE) rahbari Ilon Mask AQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ni yopish jarayoni boshlangani haqida e’lon qildi. Bu haqida X (avvalgi Twitter) platformasida jonli efir paytida ma’lum qilgan. 

Mask USAIDni “qayta tiklab bo‘lmaydigan” “ishonchsiz” tashkilot deb atadi va uni qurtlagan olmaga emas, balki “qurtlar uyumi” ga o‘xshatdi. U bu masalani Donald Tramp bilan muhokama qilganini va Tramp agentlikni yopish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaganini aytdi.

Bir necha soat oldin Tramp USAIDni “radikal aqldan ozganlar” boshqarayotganini ta’kidlagan edi. Mask esa avvalroq agentlikni soliq to‘lovchilarining mablag‘larini biologik qurol tadqiqotlarini moliyalashtirishga sarflaganlikda ayblagan. Ayblovlar ichida COVID-19 ham bor, uning so‘zlariga ko‘ra, bu millionlab odamlarning o‘limiga olib kelgan.

Shanba kuni USAID xavfsizlik xizmati rahbari va uning o‘rinbosari DOGE xodimlarining agentlikning yopiq tizimlariga kirishini to‘sib qo‘yishga uringani uchun ishdan bo‘shatildi. Biroq, uchta manbaga ko‘ra, DOGE jamoasi baribir ushbu tizimlarga, shu jumladan xodimlarning shaxsiy ma’lumotlariga kirishga muvaffaq bo‘lgan. 

Tramp ma’muriyati tomonidan bir hafta oldin joriy etilgan xalqaro yordamlar muzlatilishi fonida USAIDning mingdan ortiq xodimlari va pudratchilari ishdan bo‘shatilgan yoki ta’tilga yuborilgan. Xususan, Qonunchilik va jamoat masalalari byurosi xodimlarining katta qismi (125 nafar) ma’muriy ta’tilga chiqarildi, matbuot xizmati xodimlarining ichki aloqa tizimlaridan foydalanishi cheklandi.

1961-yilda Prezident Jon Kennedi davrida tashkil etilgan USAID har yili qashshoqlikka qarshi kurashish, kasalliklarni davolash, tabiiy ofatlarda yordam berish va nodavlat notijorat tashkilotlari, mustaqil ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy loyihalar orqali demokratiyani qo‘llab-quvvatlash uchun milliardlab dollar ajratadi. Agentlikning rasmiy sayti 1-fevralda o‘chirilgan edi.

USAID, shuningdek, O‘zbekiston hukumati bilan iqtisodiy rivojlanish, mintaqaviy savdo, yuqumli tahdidlarga qarshi kurashish va davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish sohalarida hamkorlik qilib keladi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Franklin Templeton O‘zbekistonning Milliy investitsiya fondi boshqaruvchisi etib tayinlandi
/
Franklin Templeton O‘zbekistonning Milliy investitsiya fondi boshqaruvchisi etib tayinlandi
2025-yil boshidan beri Alisher Usmonovning boyligi $17,5 mlrdga yetdi
/
2025-yil boshidan beri Alisher Usmonovning boyligi $17,5 mlrdga yetdi
O‘zbekistonda dollar va yuandan tashqari barcha xorijiy valyutalar tushib ketdi
/
O‘zbekistonda dollar va yuandan tashqari barcha xorijiy valyutalar tushib ketdi