O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi $2 mlrdga yetkaziladi

Joriy yilning birinchi yarmida ko‘rsatkich taxminan $500 mln tashkil qilgan

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi $2 mlrdga yetkaziladi

2025-yil 5–6 avgust kunlari Turkmanistonning Avaza shahrida dengizga chiqishi bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlar bo‘yicha BMTning Uchinchi konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Turkmaniston hukumat vakillari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Turkmaniston tomoni bilan chegara savdo zonasining (Shavat, Xorazm viloyati – Dashoguz, Dashoguz welaýaty) faoliyat yuritish to‘g‘risidagi Shartnomani imzolash va uni yaqin kelajakda ishga tushirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro savdoni oshirish va biznes faoliyatini rag‘batlantirishda muhim qadam bo‘ladi. Shuningdek, O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmini $2 mlrdgacha yetkazish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar rejasini tasdiqlash masalasi kelishib olindi.

Ma’lumot uchun: 2024-yilda Turkmaniston bilan tovar ayirboshlash hajmi $1,15 mlrdni tashkil etdi. 2025-yilning birinchi yarmida o‘zaro savdo hajmi taxminan $500 mln atrofida bo‘ldi.

UNIDO bilan sanoat, infratuzilmani modernizatsiya qilish, energiya samarador texnologiyalarni joriy etish, inson kapitalini rivojlantirish sohalaridagi tashabbuslarni o‘z ichiga olgan o‘rta muddatli Qo‘shma Hamkorlik Dasturini tasdiqlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

YIEK bilan Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dastur (SPECA) doirasida hamkorlikni kengaytirish, yashil iqtisodiyot, innovatsiyalar, logistika, aqlli qishloq xo‘jaligi va boshqa yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Biznes ovozi eshitildi: jarimalar pasayishi ishlab chiqaruvchilarga turtki beradi
/
Biznes ovozi eshitildi: jarimalar pasayishi ishlab chiqaruvchilarga turtki beradi
O‘zbekistonda suv va ichimliklarni raqamli markirovkalashning ikkinchi bosqichi to‘xtatildi
/
O‘zbekistonda suv va ichimliklarni raqamli markirovkalashning ikkinchi bosqichi to‘xtatildi
OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi
/
OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi