O‘zbekistonda tovarlar chegaraning o‘zida erkin muomalaga chiqariladi

Shuningdek, import bojlarini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilgan

O‘zbekistonda tovarlar chegaraning o‘zida erkin muomalaga chiqariladi

O‘zbekiston bojxona tizimida import qilingan tovarni bojxonadan olib kirish soddalashtiriladi. Bu haqda bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Nodir Musamuxammedov 11-avgust kungi prezident yig‘ilishidan so‘ng “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Musamuhammedovning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda O‘zbekiston bojxona chegarasidan tovar olib o‘tilganda avval tranzit deklaratsiyasi taqdim etiladi va u bilan birga tovar tashqi iqtisodiy faoliyat postiga yetkaziladi. Shundan so‘ng tovar bojxona ombori rejimida rasmiylashtiriladi hamda ruxsat etuvchi sertifikatlar va boshqa hujjatlar olinadi. Keyin esa erkin muomalaga chiqarish uchun bojxona deklaratsiyasi topshiriladi.

Tabiiyki, mana shu jarayonlar ikki kundan uch kungacha vaqtni oladi va bunda tovarlarni erkin muomalaga chiqargungacha bo‘lgan shu jarayonlarning o‘ziga — bojxona omboriga, sertifikat hujjatlariga 15 mlndan to 25 mlngacha pullar sarf qilinadi, — deya qayd etdi qo‘mita raisi o‘rinbosari.

Musamuxammedov Singapur va Yevropa davlatlarida tovarlar chegaraning o‘zidan erkin muomalaga chiqarish jarayonlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganini ta’kidlab, ushbu davlatlardan o‘rganilayotganini qayd etdi.

Rivojlangan davlatlarning tajribasi, xavfni boshqarish tizimi orqali savdo tartibotlarini soddalashtirishga, ya’ni chegarada erkin muomalaga chiqarishga yordam beradi, — deya qayd etdi u.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Biznes ovozi eshitildi: jarimalar pasayishi ishlab chiqaruvchilarga turtki beradi
/
Biznes ovozi eshitildi: jarimalar pasayishi ishlab chiqaruvchilarga turtki beradi
O‘zbekistonda suv va ichimliklarni raqamli markirovkalashning ikkinchi bosqichi to‘xtatildi
/
O‘zbekistonda suv va ichimliklarni raqamli markirovkalashning ikkinchi bosqichi to‘xtatildi
OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi
/
OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi