Toshkent va Toshkent viloyatini bog‘lovchi yangi yo‘l o‘tkazgich foydalanishga topshirildi

Qiymati 240 mlrd so‘mlik transport infratuzilmasining kunlik o‘tkazuvchanligi 130 mingtagacha yetkazishi mumkin

Toshkent va Toshkent viloyatini bog‘lovchi yangi yo‘l o‘tkazgich foydalanishga topshirildi

Toshkent shahrining Bektemir tumani va Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumani chegarasida qiymati 240 mlrd so‘mli yangi transport yechimi barpo etildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-iyul kuni viloyatga tashrifi chog‘ida ushbu obyekt bilan tanishdi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Yo‘l o‘tkazgich A373 avtomobil yo‘li va Toshkent katta halqa yo‘li kesishmasida qurilgan. Loyiha 14,1 gektar maydonda amalga oshirildi.

Uning tarkibida uzunligi 66 metr, kengligi 46 metr bo‘lgan ko‘prik, 450 metrlik yerosti avtomobil yo‘li, ikkita ortga qayrilish yo‘lagi, to‘rtta yerosti piyodalar o‘tish yo‘lagi va 950 metrli aylana halqa yo‘li qurildi.

Bundan tashqari, 9,5 kilometr piyoda va veloyo‘laklar, sakkizta jamoat transporti bekati, 240 ta tashqi yoritish chirog‘i hamda 6 kilometr yo‘l to‘siqlari qurildi.

Yangi obyektning ishga tushirilishi natijasida yo‘nalishning kunlik o‘tkazuvchanlik quvvati bir necha barobarga oshib, 130 mingta avtotransport vositasiga yetishi, bu esa poytaxt va Toshkent viloyati o‘rtasidagi transport aloqalarini yanada yaxshilash, tirbandliklarni bartaraf etish hamda aholi uchun qulay harakatlanish sharoitini yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Prezidentga loyihaning texnik yechimlari, transport oqimini boshqarish imkoniyatlari hamda kelgusida Toshkent — Nurafshon yo‘nalishida tezyurar avtobuslar tizimini (BRT) yo‘lga qo‘yish bo‘yicha rejalar haqida ham axborot berildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

UzNIF aktivlari qiymati $2,6 mlrdga yetdi
/
UzNIF aktivlari qiymati $2,6 mlrdga yetdi
Markaziy bank kiberxavfsizlik va P2P o‘tkazmalar bo‘yicha talablarni o‘zgartirishni taklif qildi
/
Markaziy bank kiberxavfsizlik va P2P o‘tkazmalar bo‘yicha talablarni o‘zgartirishni taklif qildi
O‘zbekistonda barcha asosiy xorijiy valyutalar qimmatlashdi
/
O‘zbekistonda barcha asosiy xorijiy valyutalar qimmatlashdi