Yil boshidan Toshkent iqtisodiyotiga $4,3 mlrd xorijiy investitsiya jalb qilindi

Olti oyda poytaxtning yalpi hududiy mahsuloti 13,3% ga o‘sib, 226 trln so‘mga yetdi

Yil boshidan Toshkent iqtisodiyotiga $4,3 mlrd xorijiy investitsiya jalb qilindi

Joriy yilning dastlabki olti oyida Toshkent shahriga rekord hajmdagi to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kredit mablag‘lari jalb qilindi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yanvar–iyun oylarida Toshkent iqtisodiyotiga $4,3 mlrd miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar kirib kelgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobar ko‘pdir.

Hisobot davrida poytaxtning yalpi hududiy mahsuloti 226 trln so‘mni tashkil etdi. Ko‘rsatkich 13,3% ga o‘sib, prognoz qilingan 11,2% dan yuqori natijani qayd etdi. Hokimlikka ko‘ra, bu respublika bo‘yicha eng yuqori o‘sish sur’ati bo‘ldi.

Sanoat ishlab chiqarishi hajmi 109,6 trln so‘mga yetib, o‘tgan yilga nisbatan 8% ga oshdi va belgilangan reja to‘liq bajarildi.

Olti oy davomida shaharda 249 ta investitsiya loyihasi amalga oshirish boshlandi. Ulardan $657,5 mlnlik yangi korxonalar ishga tushirilib, 9,8 ming ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Shuningdek, Toshkent korxonalarining eksport hajmi $1,55 mlrdni tashkil etib, o‘tgan yilning birinchi yarmiga nisbatan 43% ga oshdi.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida 77 ta loyiha yakunlanib, ular hisobidan 4,9 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Bu kutilgan natijadan 48% yuqori bo‘ldi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha eksport hajmi esa $121,6 mlnni tashkil etdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Kiberjinoyatchilikka qarshi kurash to‘g‘risidagi qonun loyihasi Senatga yuborildi
/
Kiberjinoyatchilikka qarshi kurash to‘g‘risidagi qonun loyihasi Senatga yuborildi
O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari xususiylashtiriladi
/
O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari xususiylashtiriladi
TBC Uzbekistan ketma-ket ikkinchi yil CNBC va Statista tomonidan dunyoning eng yaxshi fintex kompaniyalari qatorida e’tirof etildi
/
TBC Uzbekistan ketma-ket ikkinchi yil CNBC va Statista tomonidan dunyoning eng yaxshi fintex kompaniyalari qatorida e’tirof etildi