Yoz oylarida avtomobil oynalarini qoraytirish narxlari pasaytirilishi mumkin

Bu haqdagi qonun loyihasi 22-avgustga qadar muhokamaga qo‘yildi

Yoz oylarida avtomobil oynalarini qoraytirish narxlari pasaytirilishi mumkin

Ichki ishlar vazirligi tomonidan e’lon qilingan qonun loyihasiga ko‘ra “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin.

Loyiha bilan Vazirlar Mahkamasining “Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga o‘zgartirish kiritish rejalashtirilmoqda.

Unga ko‘ra, M1 (yengil avtomobillar) toifasiga kiruvchi avtotransport vositalarining orqa va old yon oynalarining tusini o‘zgartirish (qoraytirish) uchun har yili 1-maydan 31-avgustgacha beriladigan ruxsatnomalar yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan.

Ruxsatnoma narxi jismoniy va yuridik shaxslar uchun  bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida bo‘ladi (hozirda 412 ming so‘m). O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik shaxslari uchun esa BHMning besh baravari miqdorida bo‘ladi (2,06 mln so‘m). Bunda, qisqa muddatli ruxsatnoma uchun to‘lov ruxsatnoma rasmiylashtirilgan sanadan qat’i nazar, to‘liq hajmda amalga oshiriladi.

Ushbu qonun loyihasi muhokamasi 22-avgustga qadar davom etadi.

May oylarida O‘zbekistonda avtomobillarning old yon oynalarini qoraytirganlik uchun to‘lovlar bepul bo‘lishi haqida xabarlar tarqalgandi. YHXX buni rad etgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Biznes ovozi eshitildi: jarimalar pasayishi ishlab chiqaruvchilarga turtki beradi
/
Biznes ovozi eshitildi: jarimalar pasayishi ishlab chiqaruvchilarga turtki beradi
O‘zbekistonda suv va ichimliklarni raqamli markirovkalashning ikkinchi bosqichi to‘xtatildi
/
O‘zbekistonda suv va ichimliklarni raqamli markirovkalashning ikkinchi bosqichi to‘xtatildi
OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi
/
OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi