Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi uchun yer ajratildi

Loyiha uchun ajratilgan yer maydoni 44,29 gektarni tashkil qiladi

Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi uchun yer ajratildi

Qirg‘iziston Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi uchun yer ajratdi. Bu haqida Qirg‘iziston Bosh vaziri Aqilbek Japarov tegishli qarorni imzolandi deb xabar berdi 24.KG nashri. 

Qarorga ko‘ra, xalqaro loyiha doirasida Jalolobod hududidagi yerlar turkumi o‘zgartiriladi.

Xususan, 44,29 gektar yer qishloq xo‘jaligi va suv fondi toifalaridan “sanoat, transport, aloqa, energetika, mudofaa va boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan yerlar” toifasiga o‘tkaziladi. 

Jalolobod shahar hokimligiga yer-hisob hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, xususiy mulk yerlarini Qishloq xo‘jaligi yerlari davlat jamg‘armasidan teng qiymatli uchastkalarga ayirboshlashni ta’minlash hamda shaharsozlik hujjatlarini qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlash topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil sentyabrda Xitoy, Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida 454 kilometr uzunlikdagi temir yo‘l haqida kelishuv imzolangan. Loyiha doirasida aksiyadorlik kompaniyasida Qirg‘iziston va O‘zbekiston ulushi 24,5%dan, Xitoy ulushi esa 51%ni tashkil qiladi.

Avvalroq “Kapital.uz” nashri Bishkekda Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temir yo‘lini qurish bo‘yicha kompaniya tashkil etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari” bu temir yo‘lini qurilishi uchun O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan $255 mln olishi haqida Prezident farmoni e’lon qilingan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Prezidentning JST bo‘yicha vakili Azizbek Urunov Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi rahbari bo‘ldi
/
Prezidentning JST bo‘yicha vakili Azizbek Urunov Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi rahbari bo‘ldi
Oʻzbekistonda yana 550 turdagi davlat xizmati elektron shaklga oʻtkazilishi mumkin
/
Oʻzbekistonda yana 550 turdagi davlat xizmati elektron shaklga oʻtkazilishi mumkin
O‘zbekistonda naqd valyutani pasportsiz sotib olish limiti $500 gacha oshiriladi
/
O‘zbekistonda naqd valyutani pasportsiz sotib olish limiti $500 gacha oshiriladi