IMD biznes maktabi TBC Bank Group haqidagi tadqiqotini e’lon qildi

Kompaniya qisqa vaqt ichida Markaziy Osiyo bozorini egallagan

IMD biznes maktabi TBC Bank Group haqidagi tadqiqotini e’lon qildi

Xalqaro boshqaruv taraqqiyoti instituti (IMD) — TBC Bank Group kompaniyasi faoliyat haqida tadqiqotini e’lon qildi. Shveytsariya biznes maktabi tomonidan tayyorlangan “TBC Group: Future-Proofing a History of Success” nomli keys tadqiqotda kompaniyaning Gruziyada mahalliy bank sifatida boshlangan yo‘li, raqamli moliyaviy xizmatlar sohasidagi yutuqlari va Markaziy Osiyodagi kengayish strategiyasi batafsil yoritilgan.

Tadqiqotda bankning O‘zbekistondagi faoliyati alohida qayd etilgan. Xususan, kompaniya qisqa vaqt ichida 18,4 mlndan ortiq mijozlar bazasiga ega bo‘ldi. 2024-yilda TBC Uzbekistan’ning sof foydasi $41 mlnga yetgan. Kredit portfeli esa har yili ikki baravarga oshmoqda.

TBC Bank Group bosh direktori Vaxtang Butskrixidzening ta’kidlashicha, IMD tomonidan kompaniya faoliyatining tahlil qilinishi bankning xalqaro maydonda tobora ortib borayotgan e’tiboridan dalolat beradi.

Biz rivojlanishda davom etar ekanmiz, o‘sish uchun yangi imkoniyatlarni izlash va aksiyadorlarimiz uchun yaxshi moliyaviy natijalarni ta’minlashga intilamiz, – deydi u.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Jamshid Xo‘jayev: O‘zbekistonda energetika sohasiga $35 mlrd investitsiya jalb qilindi
/
Jamshid Xo‘jayev: O‘zbekistonda energetika sohasiga $35 mlrd investitsiya jalb qilindi
O‘zbekistonda dollar kursi o‘sishda davom etmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi o‘sishda davom etmoqda
O‘zbekistonda yil boshidan buyon soliq tushumlari 24% ga oshdi
/
O‘zbekistonda yil boshidan buyon soliq tushumlari 24% ga oshdi