2024-yilda xarid cheki bermagan tadbirkorlarga 135 mlrd so‘mlik jarima qo‘llanildi

Soliq qo‘mitasi vakili ma’lum qilishicha, uning 100 mlrd so‘mdan ortig‘i undirilgan

2024-yilda xarid cheki bermagan tadbirkorlarga 135 mlrd so‘mlik jarima qo‘llanildi

2024-yilda jismoniy shaxslarning yuborgan murojaati asosida soliq organlari tomonidan xarid cheki bermaslik bo‘yicha 37 ming 897 ta holatda sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazildi. Bu haqda 1-aprel kuni AOKAda Soliq qo‘mitasi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi. 

Qo‘mita katta inspektori Ulug‘bek Saidovning aytishicha, tekshiruv natijasiga ko‘ra, huquqbuzarlik sodir etgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan 135 mlrd so‘mlik moliyaviy jarima qo‘llanilgan. “Bugungi kunda shundan 100 mlrd so‘mdan ortig‘i undirilgan”, — deydi qo‘mita vakili.

2024-yilda o‘zbekistonliklarga 1 mlrd ro‘yxatdan o‘tgan cheklar uchun 1,052 trln so‘m keshbek to‘langan

Eng ko‘p keshbekni Toshkent shahri (412,2 mlrd so‘m), Toshkent (107,1 mlrd so‘m) va Samarqand (93,2 mlrd so‘m) viloyatlari iste’molchilari olgan. Eng kam to‘lovlar Surxondaryo (28,5 mlrd so‘m), Jizzax (22,5 mlrd so‘m) va Sirdaryo (15,5 mlrd so‘m) viloyatlarida qayd etilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarning P2P o‘tkazmalari bo‘yicha tekshiruvlarga izoh berdi
/
Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarning P2P o‘tkazmalari bo‘yicha tekshiruvlarga izoh berdi
Prezidentning JST bo‘yicha vakili Azizbek Urunov Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi rahbari bo‘ldi
/
Prezidentning JST bo‘yicha vakili Azizbek Urunov Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi rahbari bo‘ldi
Oʻzbekistonda yana 550 turdagi davlat xizmati elektron shaklga oʻtkazilishi mumkin
/
Oʻzbekistonda yana 550 turdagi davlat xizmati elektron shaklga oʻtkazilishi mumkin