6.2.2025 | 11:25
Spotify tarixda birinchi marta yilni 1,14 mlrd yevro miqdoridagi foyda bilan yakunladi
So‘nggi 12 oy ichida Spotify foydalanuvchilari soni 675 mlnga yetdi
Shvetsiyaning Spotify musiqiy striming xizmati tarixda birinchi marta yilni foyda bilan yakunladi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar bermoqda.
Spotify’ning 2024-yildagi sof foydasi 1,14 mlrd yevroni tashkil etdi. Shu bilan birga, bir yil oldin kompaniya 532 mln yevro zarar ko‘rgan edi.
So‘nggi 12 oy ichida Spotify foydalanuvchilari soni 12% ga oshib, 675 mlnga yetdi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ