Sentabr oyida aholiga sezilgan inflyatsiya darajasi 12,4% ni tashkil etdi

Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari orasida go‘sht, sut, yog‘ narxlari yuqorilagan

Sentabr oyida aholiga sezilgan inflyatsiya darajasi 12,4% ni tashkil etdi

Sentabr oyida aholining sezgan inflyatsiya darajasi 12,4% ni tashkil etdi, deb xabar bermoqda Markaziy bank.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil sentabr oyi yakunlariga ko‘ra aholining sezgan inflyatsiya darajasi avgust oyiga nisbatan 0,6% bandga pasayib, 12,4% ni tashkil etdi.

Daromadi 10 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan aholining inflyatsion kutilmalari boshqa guruhlarga nisbatan yuqori darajada shakllandi. Hududlar kesimida eng yuqori sezilgan inflyatsiya Toshkent shahrida, eng past daraja esa Xorazm viloyatida qayd etildi.

Avgust–sentyabr oylarida aholining fikricha, narxlarda eng katta o‘sish quyidagi mahsulotlar va xizmatlarda kuzatildi:

• go‘sht va sut mahsulotlari — sentabrda 57%, avgustda 52%;
• benzin va yoqilg‘i — 26% (ikkala oyda ham bir xil);
• elektr va tabiiy gaz — 27% (avgustda 24%);
• dorilar — 24% (avgustda 21%);
• meva-sabzavotlar — 20% (avgustda 21%);
• o‘simlik yog‘i — 23% (avgustda 19%);
• kiyim va poyafzal — 19% (avgustda 17%);
• yo‘lkira va tashish xizmatlari — 18% (avgustda 17%);
• tuxum — 17% (ikkala oyda ham bir xil);
• qurilish mollari — 20% (avgustda 16%);
• ijara haqi — 13% (avgustda 16%);
• kafe va restoran xizmatlari — 17% (avgustda 15%);
• tibbiy xizmatlar — 14% (ikkala oyda ham bir xil);
• ta’lim xizmatlari — 12% (avgustda 13%);
• ta’mirlash xizmatlari — 12% (avgustda 10%);
• maishiy xizmatlar — 10% (avgustda 9%);
• shakar va qandolat mahsulotlari — 11% (ikkala oyda ham bir xil);
• guruch — 9% (avgustda 11%);
• non va un — 8% (avgustda 9%).

Umuman olganda, sentyabr oyida aholining ko‘pchilik qismi oziq-ovqat mahsulotlari, ayniqsa go‘sht, sut, yog‘ va energiya resurslari narxlarining o‘sishini eng sezilarli inflyatsiya omillari sifatida qayd etdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yaponiya O‘zbekistondan gaz, neft va minerallar importini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda
/
Yaponiya O‘zbekistondan gaz, neft va minerallar importini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda
Toshkent aeroportidagi avtoturargohlarni ijaraga berish boshlandi
/
Toshkent aeroportidagi avtoturargohlarni ijaraga berish boshlandi
O‘zbekiston GIZ bilan 9 mln yevrolik grant jalb qilish bo‘yicha kelishuv imzoladi
/
O‘zbekiston GIZ bilan 9 mln yevrolik grant jalb qilish bo‘yicha kelishuv imzoladi