Samarqandda $12 mlnlik yangi avtovokzal ishga tushdi

Avtovokzal bir vaqtda100 ta avtobus, 150 ta mikroavtobus va 300 ta yengil avtomobilni qabul qila oladi

Samarqandda $12 mlnlik yangi avtovokzal ishga tushdi

Cho‘pon-ota hududida qurilgan va davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilgan yangi Samarqand avtovokzali tantanali tarzda foydalanishga topshirildi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi.

Loyihaga $12 mln miqdorida investitsiya yo‘naltirilgan va u zamonaviy arxitektura, energiya tejamkor yechimlar va yuqori xavfsizlik standartlari asosida amalga oshirildi.

Avtovokzal bir vaqtning o‘zida 100 ta avtobus, 150 ta mikroavtobus va 300 ta yengil avtomobilni qabul qilishga mo‘ljallangan.

Yangi avtovokzalning ishga tushirilishi natijasida 300 nafar aholi uchun doimiy ish o‘rni yaratildi.

Avtovokzaldan Toshkent, Jizzax viloyatlariga avtobuslar harakati amalga oshirilmoqda. Shuningdek, Toshkent shahridan Buxoro, Navoiy, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlariga qatnovchi avtobuslar ham mazkur avtovokzal orqali harakatni davom ettirmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Biznes ovozi eshitildi: jarimalar pasayishi ishlab chiqaruvchilarga turtki beradi
/
Biznes ovozi eshitildi: jarimalar pasayishi ishlab chiqaruvchilarga turtki beradi
O‘zbekistonda suv va ichimliklarni raqamli markirovkalashning ikkinchi bosqichi to‘xtatildi
/
O‘zbekistonda suv va ichimliklarni raqamli markirovkalashning ikkinchi bosqichi to‘xtatildi
OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi
/
OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi