7-oktabrdan Rustaveli ko‘chasida markaziy avtobus yo‘lakchasi ochildi

Transport vazirligi jamoat transporti yo‘lovchilari va haydovchilar uchun yo‘riqnomani e’lon qildi

7-oktabrdan Rustaveli ko‘chasida markaziy avtobus yo‘lakchasi ochildi

7-oktabrdan boshlab Toshkentning Shota Rustaveli ko‘chasida rekonstruksiya qilingan markaziy avtobus yo‘lagi faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda, deb xabar qildi Transport vazirligi matbuot xizmati.

Birinchi bosqichda mazkur yo‘nalishda uchta avtobus yo‘nalishi: 38, 57 va 58-raqamli avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Jamoat transporti alohida ajratilgan bo‘lakda ustuvorlikka ega. Bekatlar markazda joylashgan.

Transport vazirligi avtobus yo‘lovchilari va avtomobil haydovchilari uchun Rustaveli ko‘chasida harakatlanish bo‘yicha qisqacha ko‘rsatmalar berdi.

Yo‘lovchilar uchun:

  • Avtobuslar endi markaziy, ajratilgan yo‘lak bo‘ylab harakatlanadi.
  • Yo‘lovchilar yo‘lning markaziy qismidagi maxsus platformalar orqali chiqib, tushadi.
  • Platformalarga faqat belgilangan piyodalar o‘tish joylari orqali chiqiladi. Belgilanmagan joylardan o‘tish qat’iyan man etiladi.
  • Avtobusni faqat old tomonidan aylanib o‘tish mumkin.
  • Platformada yo‘lovchilar sariq xavfsizlik chizig‘i orqasida turishi va avtobus to‘xtagachgina eshikka yaqinlashishi kerak.

Transport vazirligi yo‘lovchilarni telefon yoki kameralardan foydalanishda ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

Haydovchilar uchun:

  • ️Shota Rustaveli ko‘chasidagi o‘rta yo‘lag faqat avtobuslar harakati uchun mo‘ljallangan.
  • Ushbu yo‘lakda boshqa transport vositalarining harakatlanishi, to‘xtashi yoki yo‘lni kesib o‘tishi qat’iyan man etiladi.
  • Avtobuslar markaziy yo‘lakda ustuvorlikka ega. Ruxsat etilgan joylarda avtobuslarga yo‘l berish kerak.
  • Ko‘cha bo‘ylab har ikki yo‘nalishda chapga burilish va ortga qayrilib olish taqiqlanadi. Burilishga faqat belgilangan chorrahalarda ruxsat beriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yaponiya O‘zbekistondan gaz, neft va minerallar importini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda
/
Yaponiya O‘zbekistondan gaz, neft va minerallar importini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda
Toshkent aeroportidagi avtoturargohlarni ijaraga berish boshlandi
/
Toshkent aeroportidagi avtoturargohlarni ijaraga berish boshlandi
O‘zbekiston GIZ bilan 9 mln yevrolik grant jalb qilish bo‘yicha kelishuv imzoladi
/
O‘zbekiston GIZ bilan 9 mln yevrolik grant jalb qilish bo‘yicha kelishuv imzoladi