Rossiya Markaziy Osiyoga gaz yetkazib berishni oshirmoqchi

Hozirda gaz quvurining o‘tish quvvatini oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda

Rossiya Markaziy Osiyoga gaz yetkazib berishni oshirmoqchi

Rossiya yaqin yillarda Markaziy Osiyo mamlakatlariga gaz yetkazib berishni 10-15 mlrd kub metrgacha oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda TASS xabar berdi.

«Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan olib borilayotgan ishlar Markaziy Osiyo — Markaz gaz quvurining o‘tish quvvatini teskari rejimda oshirishga qaratilgan bo‘lib, yetkazib berish hajmi yiliga 10-12 mlrd kub metrgacha yetishi mumkin», — dedi Milliy energetik xavfsizlik jamg‘armasi rahbarining o‘rinbosari Aleksey Grivach.

«Finam» moliyaviy guruhi tahlilchisi Sergey Kaufmanning fikricha, bu ko‘rsatkich yiliga 12-15 mlrd kub metrga yetishi mumkin.

Bundan tashqari, Rossiya Xitoyga quvur orqali gaz yetkazib berishni ham oshirishni rejalashtirmoqda. «Implementa» kompaniyasi tadqiqotlar direktori Mariya Belovaning so‘zlariga ko‘ra, «Gazprom» «Sibir qudrati» gaz quvuri bo‘yicha belgilangan maksimal yetkazib berish hajmiga muddatidan oldin erishgan va Xitoy hamkorlari bilan qo‘shimcha kelishuvlar imzolagan. Shu sababli, 2025-yilda Rossiyaning ushbu yo‘nalish bo‘yicha gaz eksporti loyihaviy 38 mlrd kub metrdan oshishi mumkin.

2027-yilda esa Uzoq Sharq yo‘nalishi orqali yetkazib berish boshlanishi kutilmoqda, bu esa Xitoyga jami gaz yetkazib berish hajmini 48 mlrd kub metrgacha yetkazish imkonini beradi. 

Hozirda Rossiya Xitoyga gaz yetkazib berish uchun ikkita yangi gaz quvuri yo‘nalishini ko‘rib chiqmoqda: Mongoliya orqali 50 mlrd kub metr quvvatga ega «Sibir qudrati – 2» va Qozog‘iston orqali 45 mlrd kub metr quvvatga ega quvur (shundan 35 mlrdi Xitoy uchun va 10 mlrdi shimoliy-sharqiy Qozog‘istonni gazlashtirish uchun mo‘ljallangan).

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston Xitoyga avtobus qatnovlarini joriy qilishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston Xitoyga avtobus qatnovlarini joriy qilishni rejalashtirmoqda
“Sarbon-Neftegaz” aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari savdoga chiqarildi
/
“Sarbon-Neftegaz” aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari savdoga chiqarildi
Gulnora Karimovaning “Sijjak” dam olish zonasi Kasaba uyushmasi tasavvuriga o‘tkazildi
/
Gulnora Karimovaning “Sijjak” dam olish zonasi Kasaba uyushmasi tasavvuriga o‘tkazildi