O‘zbekistondagi 4 mingdan ortiq reklama va peshlavhalarda davlat tili talablariga rioya etilmagan

Kamchiliklar orasida boshqa tillarda yozilgan matnlar va imloviy xatolar bor

O‘zbekistondagi 4 mingdan ortiq reklama va peshlavhalarda davlat tili talablariga rioya etilmagan

Raqobat qo‘mitasi tomonidan joriy yil boshidan buyon respublika bo‘ylab reklama va axborot matnlarida davlat tili talablariga rioya etilishi yuzasidan 16 057 ta monitoring o‘tkazildi. Ularda 4 496 ta holatda turli kamchiliklar aniqlangan. Bu haqda qo‘mita xabar berdi.

Aniqlangan kamchiliklarning 2 344 tasi peshlavhalar, tashqi yozuvlar va boshqa e’lonlar matnining boshqa tillarda berilishi bilan bog‘liq. Yana 975 ta holatda tashqi reklama matnlari boshqa tillarda joylashtirilgani aniqlangan.

Shuningdek, peshlavha, tashqi yozuv va e’lonlarning 841 tasida, tashqi reklama vositalarining 336 tasida lug‘aviy ma’noning buzilishi va imloviy xatolarga yo‘l qo‘yilgan.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilgan va reklama hamda davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish ishlari olib borilgan.

Reklama davlat tilida berilishi kerak

O‘rganishlar davomida go‘zallik salonlari, avtoservislar va qurilish materiallari savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga reklama joylashtirishda qonunchilik talablariga rioya etish yuzasidan tushuntirishlar berilgan.

“Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 6-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston hududida reklama davlat tilida tarqatiladi. Reklama mazmuni belgilangan talablarga rioya qilingan holda boshqa tillarda ham takrorlanishi mumkin.

Shu bilan birga, qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar va xizmat ko‘rsatish belgilarining asl shakli hamda tilini saqlashga oid talablar ham inobatga olinishi lozim.

Qo‘mita tadbirkorlarni tashqi reklama, peshlavha va axborot ko‘rsatkichlarini joylashtirishda davlat tili hamda reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya qilishga chaqirdi. Bunday obyektlarni o‘rganish ishlari davom ettiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Qashqadaryoda qayta ishlangan meva-sabzavot eksporti $40 mlnga yetkaziladi
/
Qashqadaryoda qayta ishlangan meva-sabzavot eksporti $40 mlnga yetkaziladi
Qashqadaryoda $6 mlrddan ziyod 161 ta loyiha amalga oshiriladi
/
Qashqadaryoda $6 mlrddan ziyod 161 ta loyiha amalga oshiriladi
Ta’lim va ilm-fan vazirligi huzurida uchta yangi tashkilot tuziladi
/
Ta’lim va ilm-fan vazirligi huzurida uchta yangi tashkilot tuziladi