Raqobat qo‘mitasi Markaziy bankka kredit kartalaridagi amaliyotlar yuzasidan so‘rov yubordi

So‘rovda kredit kartalar foizini qayta ko‘rib chiqish va asossiz undirilgan pullarni qaytarish choralarini ko‘rish qayd etilgan

Raqobat qo‘mitasi Markaziy bankka kredit kartalaridagi amaliyotlar yuzasidan so‘rov yubordi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tijorat banklarining kredit karta amaliyotlari bilan bog‘liq shikoyatlar ortgani sababli Markaziy bankka rasmiy so‘rov yubordi.

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, ayrim davlat va nodavlat tijorat banklari kredit kartalaridan kommunal xizmatlar, ta’lim, tibbiyot, sug‘urta va soliq to‘lovlarini amalga oshirishni naqd pul yechish operatsiyasiga tenglashtirgan. Natijada mijozlardan ortiqcha foiz va komissiyalar undirilayotgani aholining e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

Qo‘mita bu holatlarni O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining tegishli moddalari asosida o‘rganish va ularning kredit kartalari bo‘yicha foiz masalalarini qayta ko‘rib chiqishni taklif etgan. Shuningdek, iste’molchilar manfaatlarini hisobga olgan holda asossiz olingan xizmat haqi pullarini qaytarish choralarini ko‘rish bo‘yicha ham tavsiyalar kiritilgan.

Markaziy bankka yuborilgan so‘rov natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar keyinchalik e’lon qilinadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yaponiya O‘zbekistondan gaz, neft va minerallar importini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda
/
Yaponiya O‘zbekistondan gaz, neft va minerallar importini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda
Toshkent aeroportidagi avtoturargohlarni ijaraga berish boshlandi
/
Toshkent aeroportidagi avtoturargohlarni ijaraga berish boshlandi
O‘zbekiston GIZ bilan 9 mln yevrolik grant jalb qilish bo‘yicha kelishuv imzoladi
/
O‘zbekiston GIZ bilan 9 mln yevrolik grant jalb qilish bo‘yicha kelishuv imzoladi