O‘zbekiston va Qirg‘iziston Qozog‘istonga 600 mln kub metr suv yuboradi

Oldinroq Qozog‘istonga suv yetkazib berish jadvalidan 1 mlrd kub metrdan ortiq orqada qolish holati qayd etilgandi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Qozog‘istonga 600 mln kub metr suv yuboradi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston mamlakat janubida sug‘orish tanqisligini bartaraf etish uchun Qozog‘istonga 600 mln kub metr suv yuboradi. Bu haqda Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kanat Bozumbaev ma’lum qildi.

Bozumbaevning so‘zlariga ko‘ra, davlatlar o‘rtasida avval erishilgan kelishuvlar qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun zarur suv hajmini ta’minlash imkonini beradi.

Avvalroq Qozog‘iston va Qirg‘iziston vakillari bilan barcha zarur muzokaralar o‘tkazilgan edi. Oldinroq Qozog‘istonga suv yetkazib berish jadvalidan 1 mlrd kub metrdan ortiq orqada qolish holati qayd etilgandi.

Qozog‘iston vitse-premyeri, shuningdek, 2025 yilda Markaziy Osiyoda murakkab iqlim sharoitlari — suv kamligi, yozgi haroratning yuqoriligi va yog‘ingarchilikning yetishmasligiga e’tibor qaratdi. Bu esa suv kelishining kamayishi fonida dehqonchilikda suv sarfining ortishiga olib keldi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Biznes ovozi eshitildi: jarimalar pasayishi ishlab chiqaruvchilarga turtki beradi
/
Biznes ovozi eshitildi: jarimalar pasayishi ishlab chiqaruvchilarga turtki beradi
O‘zbekistonda suv va ichimliklarni raqamli markirovkalashning ikkinchi bosqichi to‘xtatildi
/
O‘zbekistonda suv va ichimliklarni raqamli markirovkalashning ikkinchi bosqichi to‘xtatildi
OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi
/
OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi