Markaziy Osiyodagi birinchi spot Bitcoin ETF savdosi Qozog‘istonda boshlandi

BETF’ning har bir aksiyasi jismonan bitkoin bilan ta’minlangan

Markaziy Osiyodagi birinchi spot Bitcoin ETF savdosi Qozog‘istonda boshlandi

Qozog‘iston poytaxti Ostonada Qozog‘iston va Markaziy Osiyoda ro‘yxatdan o‘tkazilgan ilk spot Bitcoin ETF — Fonte Bitcoin Exchange Traded Fund OEIC PLC (BETF) savdosi boshlandi. Bu haqda Qozog‘istonning Astana International Exchange (AIX, Birja) matbuot xizmati xabar berdi.

Fonte Capital Ltd kompaniyasi boshqaradigan BETF jamg‘armasi investorlarga bitkoin narxlari o‘zgarishidan tartibga solingan va shaffof tarzda foydalanish imkonini beradi, bunda aktivga bevosita egalik qilish shart emas, deyiladi birja xabarida.

AIX bozorlari va mahsulotlari bo‘yicha boshqaruvchi direktori Birjan Astayevning aytishicha, Qozog‘istondagi birinchi spot Bitcoin ETFning debyuti mamlakat kapital bozorini rivojlantirishda yangi sahifa ochib, raqamli aktivlarni investitsiya sanoatining asosiy yo‘nalishiga aylantiradi.

BETF’ning har bir aksiyasi jismonan bitkoin bilan ta’minlangan bo‘lib, uni saqlash vazifasini AQSHning BitGo Trust kastodiani bajaradi.

Aktivlar $250 mlngacha sug‘urtalangan bo‘lib, buzilish yoki mablag‘larni yo‘qotish xavfini kamaytirish uchun sovuq oflayn saqlash va himoyalangan omborxonalardan foydalaniladi.

Jamg‘arma “Ostona” xalqaro moliyaviy markazi (AIFC) tomonidan boshqariladi. AIFC vakillari ta’kidlashicha, bu markaz xalqaro sanksiyalar orqali aktivlarni muzlatib qo‘yishdan himoya qilish va chet el emitentlariga qaramlikni kamaytirish imkoniyatini yaratishi mumkin.

AIFC allaqachon raqamli aktivlar uchun huquqiy bazani joriy etib, o‘z hududida litsenziyalangan birjalar, kastodianlar va investitsiya mahsulotlari faoliyatiga ruxsat bergan.

Fonte Capital ta’kidlashicha, BETF investorlarga “yuqori darajadagi nazorat va ishonchlilikni saqlab qolgan holda portfelga bitkoin qo‘shishning qulay usulini” taqdim etadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Biznes ovozi eshitildi: jarimalar pasayishi ishlab chiqaruvchilarga turtki beradi
/
Biznes ovozi eshitildi: jarimalar pasayishi ishlab chiqaruvchilarga turtki beradi
O‘zbekistonda suv va ichimliklarni raqamli markirovkalashning ikkinchi bosqichi to‘xtatildi
/
O‘zbekistonda suv va ichimliklarni raqamli markirovkalashning ikkinchi bosqichi to‘xtatildi
OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi
/
OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi