“Green zone of World” “The House of Flowers”ni qo‘shib oladi
Raqobat qo‘mitasi tahlili bitim raqobatni cheklamasligini ko‘rsatdi
Raqobat qo‘mitasi tomonidan “Green zone of WorldGreen zone of World” MCHJning “The House of Flowers” MCHJni qo‘shib olish yuzasidan qilgan murojaati ko‘rib chiqildi.
“Green zone of World” MCHJ — ixtisoslashgan qurilish ishlari bilan shug‘ullanuvchi korxona bo‘lsa, “The House of Flowers” MCHJ — gullar va boshqa o‘simliklarning ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxona hisoblanadi.
Qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan kompleks tahlillarga ko‘ra, mazkur bitim tovar bozorida raqobatni cheklashga yoki monopoliyani shakllantirishga olib kelmaydi.
Shu sababli Qo‘mita mazkur bitimga rozilik berish haqida qaror qabul qildi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ