Qishloq xo‘jaligi yerlariga ijara huquqini kredit garovi sifatida qo‘yish ruxsat etildi

Bunda kredit ijara huquqi muddati tugashidan kamida 5 yil oldin so‘ndirilishi lozim

Qishloq xo‘jaligi yerlariga ijara huquqini kredit garovi sifatida qo‘yish ruxsat etildi

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga ijara huquqini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish mumkin bo‘ldi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Endilikda ijaraga oluvchi faqat qonunchilikda yoki shartnomada nazarda tutilgan hollardagina yerga bo‘lgan huquqlarini ijaraga beruvchining roziligisiz garovga qo‘yishga haqli.

Kredit ajratishda yer uchastkasiga ijara huquqini garov sifatida qabul qilish tartibini kredit tashkiloti ichki qoidalarga muvofiq mustaqil belgilaydi.

Qayd etilishicha, kredit tashkiloti tomonidan kredit ta’minoti sifatida ijara huquqi yer uchastkasining ijaraga berish muddati va bozor qiymatidan kelib chiqib garovga olinadi. Bunda yer uchastkasiga ijara huquqini garovga qo‘yib olingan kredit ijara huquqi muddati tugashidan kamida 5 yil oldin so‘ndirilishi talab etiladi.

Yer uchastkasiga ijara huquqi garovini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali tomonidan amalga oshiriladi. Yer uchastkasiga ijara huquqini garovga qo‘yuvchi subyekt tugatilganda, kredit tashkiloti garov narsasiga muddatidan oldin undiruv qaratish huquqiga ega.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yaponiya O‘zbekistondan gaz, neft va minerallar importini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda
/
Yaponiya O‘zbekistondan gaz, neft va minerallar importini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda
Toshkent aeroportidagi avtoturargohlarni ijaraga berish boshlandi
/
Toshkent aeroportidagi avtoturargohlarni ijaraga berish boshlandi
O‘zbekiston GIZ bilan 9 mln yevrolik grant jalb qilish bo‘yicha kelishuv imzoladi
/
O‘zbekiston GIZ bilan 9 mln yevrolik grant jalb qilish bo‘yicha kelishuv imzoladi