O‘zbekistonda issiq havo tufayli poyezdlar tezligi cheklanadi

Choralar yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash uchun ko‘rilmoqda

O‘zbekistonda issiq havo tufayli poyezdlar tezligi cheklanadi

O‘zbekistonda anomal issiq tufayli relslarda harorat ko‘tarilishi sababli shaharlararo poyezdlar harakati tezligi cheklanadi, deb xabar berdi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasi matbuot xizmati. Choralar yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash uchun ko‘rilmoqda.

Ayni kunlarda respublikamiz hududida keskin issiq ob-havo kuzatilmoqda. Harorat ko‘tarilishi natijasida yerusti temir yo‘llarining relslari hamda ularning po‘lat qismlarida harorat juda yuqori bo‘lishi inobatga olindi, — deyiladi xabarda.

Harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatilgan poyezdlar sovitish tizimining ishlash quvvati pasayishi mumkinligini ma’lum qilamiz, deya ta’kidladi kompaniya. Shuningdek, tezligiga cheklovlar o‘rnatilgan poyezdlar harakat jadvalida ko‘rsatilgan vaqtdan kechroq manzilga yetib borishi mumkin.

“O‘zgidromet” prognoziga ko‘ra, ushbu ish haftasi davomida O‘zbekiston bo‘yicha havo harorati +40…+42 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda +43…+44 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Biznes ovozi eshitildi: jarimalar pasayishi ishlab chiqaruvchilarga turtki beradi
/
Biznes ovozi eshitildi: jarimalar pasayishi ishlab chiqaruvchilarga turtki beradi
O‘zbekistonda suv va ichimliklarni raqamli markirovkalashning ikkinchi bosqichi to‘xtatildi
/
O‘zbekistonda suv va ichimliklarni raqamli markirovkalashning ikkinchi bosqichi to‘xtatildi
OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi
/
OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi