O‘zRTXB bitimlari yarim yilda 107,6 trln so‘mni tashkil qildi

Tuzilgan bitimlarning qariyb 77% birja savdolariga to‘g‘ri keladi

O‘zRTXB bitimlari yarim yilda 107,6 trln so‘mni tashkil qildi

30-iyul kuni “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ 2025-yil birinchi yarim yillik yakunlari matbuot anjumanini o‘tkazdi.

Taʼkidlanishicha, yanvar-iyun oylarida birjaning barcha savdo platformalarida tuzilgan bitimlarning hajmi 2024-yilning 1-yarim yilligiga nisbatan 36,5% ga o‘sib, 107,6 trln so‘mni tashkil qildi. Tuzilgan bitimlarning qariyb 77% birja savdolariga, qolgan qismi, yaʼni 23% elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri kelgan.

Birja savdolari bo‘yicha tuzilgan eng yirik bitimlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (44%), yoqilg‘i energetika mahsulotlari (19%), qora va rangli metallar (19%), mineral o‘g‘itlar va kimyo mahsulotlari (13%) hamda qurilish mollari (5%) ulushlariga to‘g‘ri keldi.

Shuningdek, birjaning “yashil energetika seksiyasi”da “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan 482,3 mln so‘mlik 34,4 mingdan ziyod yashil sertifikatlar sotildi, shu jumladan 301 ta sertifikat ilk bor eksport qilindi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Biznes ovozi eshitildi: jarimalar pasayishi ishlab chiqaruvchilarga turtki beradi
/
Biznes ovozi eshitildi: jarimalar pasayishi ishlab chiqaruvchilarga turtki beradi
O‘zbekistonda suv va ichimliklarni raqamli markirovkalashning ikkinchi bosqichi to‘xtatildi
/
O‘zbekistonda suv va ichimliklarni raqamli markirovkalashning ikkinchi bosqichi to‘xtatildi
OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi
/
OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi