O‘zbekistonda oltin quymalari narxi 7,7 mln so‘mga yaqinlashdi

Qimmatbaho metall yil boshidan buyon 35,8% ga qimmatlagan

O‘zbekistonda oltin quymalari narxi 7,7 mln so‘mga yaqinlashdi

30-sentabr kuni o‘lchovli oltin quymalarning narxi yangi rekord ko‘rsatkichga yetdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

1 gramm oltin 1,53 mln so‘mdan ortiqqa baholanmoqda. 5 grammlik o‘lchovli quyma 7,69 mln so‘mdan sotilmoqda.

Qimmatbaho metall yil boshidan buyon 35,8% ga qimmatlagan. Yanvarda 5,66 mln so‘m bo‘lgan 5 grammlik quymaning qiymati sentabr oyi oxirlarida 7,69 mln so‘mga yetdi.

Regulyator tomonidan oltin quymalari bo‘yicha taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra:

  • 5 gramm o‘lchovli oltin quyma narxi 7,69 mln so‘m;
  • 10 gramm oltin quyma narxi 15,38 mln so‘m;
  • 20 gramm oltin quyma narxi 30,76 mln so‘m;
  • 50 gramm oltin quyma narxi 76,91 mln so‘m;
  • 100 gramm oltin quyma narxi 153,83 mln so‘mni tashkil qiladi.

29-sentabr kuni oltinning jahon kotirovkalari troya unsiyasi uchun $3,8 mingdan oshgandi. Qimmatbaho metallning bugungi narxi 1 troya unsiyasi uchun $3,8967 ni tashkil qilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yaponiya O‘zbekistondan gaz, neft va minerallar importini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda
/
Yaponiya O‘zbekistondan gaz, neft va minerallar importini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda
Toshkent aeroportidagi avtoturargohlarni ijaraga berish boshlandi
/
Toshkent aeroportidagi avtoturargohlarni ijaraga berish boshlandi
O‘zbekiston GIZ bilan 9 mln yevrolik grant jalb qilish bo‘yicha kelishuv imzoladi
/
O‘zbekiston GIZ bilan 9 mln yevrolik grant jalb qilish bo‘yicha kelishuv imzoladi