O‘zbekistonda oltin narxi yil boshidan beri 36-marta rekord darajani yangiladi
Xususan, 5 grammlik oltin quymalari 7,86 mln so‘mdan oshdi
Фото: Центральный банк
6-oktabr kuni o‘lchovli oltin quymalarning narxi yangi rekord ko‘rsatkichga yetdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
1 gramm oltin 1,57 mln so‘mga baholanmoqda. 5 grammlik o‘lchovli quyma 7,86 mln so‘mdan sotilmoqda.
Regulyator tomonidan oltin quymalari bo‘yicha taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra:
- 10 gramm oltin quyma narxi 15 mln 721 ming som;
- 20 gramm oltin quyma narxi 31 mln 441 ming so‘m;
- 50 gramm oltin quyma narxi 78 mln 603 ming so‘m;
- 100 gramm oltin quyma narxi 157 mln 206 ming so‘mni tashkil qiladi.
Yil boshidan buyon O‘zbekistonda oltin narxi 36 marta rekord darajani yangiladi va shu davr ichida 38,8% ga oshdi. So‘nggi 12 oyda esa o‘sish 40,2% ni tashkil etdi.
Goldprice ma’lumotlariga ko‘ra, jahon bozorida bir troy unsiya oltinning narxi $3 939,28 ga, ya’ni grammiga $126,64 ga teng bo‘lib, bu o‘tgan oyda 6,89%, bir yil davomida esa 47,04% o‘sishni anglatadi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ