O‘zbekistonda oltin quymalari narxi rekordni yangiladi

Qimmatbaho metall o‘tgan yilning oktabr oyiga nisbatan 37,75% qimmatlashgan

O‘zbekistonda oltin quymalari narxi rekordni yangiladi

O‘zbekistonda o‘lchovli oltin quymalari narxlari yil boshidan beri 34-marta rekordni qaydni yangiladi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.

Bir gramm oltin narxi 1 547 360 so‘mni tashkil etib, seshanba kuniga nisbatan 0,6 % ga qimmatroq. 5 grammli quyma esa 7,737 mln so‘mdan taklif qilinmoqda, bu 46 ming so‘mga oshgan.

Yil boshidan to‘qqiz oy ichida qimmatbaho metall mahalliy bozorda 36,7 % ga qimmatlashdi. Yillik kesimda narxlar o‘sishi 37,75 % ni tashkil etdi.

Jahon bozorida oltin narxlari troy unsiyasi uchun $3864,5 ($124,25 bir gramm uchun) darajasida bo‘lib, kunlik pikda $3900 dan oshdi. Qimmatbaho metallga talab AQShda 1-oktabrda sog‘liqni saqlash xarajatlari bo‘yicha Kongressdagi kelishmovchilik sababli yangi moliyaviy yil budjeti yuzasidan muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchrab, “shutdown” boshlanganidan keyin oshmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yaponiya O‘zbekistondan gaz, neft va minerallar importini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda
/
Yaponiya O‘zbekistondan gaz, neft va minerallar importini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda
Toshkent aeroportidagi avtoturargohlarni ijaraga berish boshlandi
/
Toshkent aeroportidagi avtoturargohlarni ijaraga berish boshlandi
O‘zbekiston GIZ bilan 9 mln yevrolik grant jalb qilish bo‘yicha kelishuv imzoladi
/
O‘zbekiston GIZ bilan 9 mln yevrolik grant jalb qilish bo‘yicha kelishuv imzoladi