Saida Mirziyoyeva Xitoy Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Suhbatda global masalalar bo‘yicha umumiy qarashlarni shakllantirishga e'tibor qaratilgan

Saida Mirziyoyeva Xitoy Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Bugun, 26-avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, XKP MQ Tashqi ishlar bo‘yicha komissiyasi devoni rahbari, Xitoy Tashqi ishlar vaziri janob Van Yi bilan uchrashdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklik yangi bosqichga ko‘tarilib, keng imkoniyatlar eshiklari ochilmoqda. Shu nuqtai nazardan savdo, iqtisodiyot, investitsiya va madaniy aloqalar kabi ustuvor yo‘nalishlardagi munosabatlar rivojini muhokama qilish alohida ahamiyat kasb etdi.

Suhbat chog‘ida global masalalar bo‘yicha umumiy qarashlarni shakllantirishga alohida to‘xtaldik. Janob Van Yiga iliq va mazmunli suhbat uchun minnatdorlik bildiraman, – dedi Saida Mirziyoyeva.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Sirdaryo viloyatiga 2026-yilda $2 mlrd investitsiya jalb etish rejalashtirilmoqda
/
Sirdaryo viloyatiga 2026-yilda $2 mlrd investitsiya jalb etish rejalashtirilmoqda
“O‘zbekneftgaz”: avgust oyidagi avariyalar gaz qazib olish hajmining kamayishiga olib keldi
/
“O‘zbekneftgaz”: avgust oyidagi avariyalar gaz qazib olish hajmining kamayishiga olib keldi
O‘zbekiston bank tizimida 1 kvadrillion so‘mlik aktiv to‘plandi
/
O‘zbekiston bank tizimida 1 kvadrillion so‘mlik aktiv to‘plandi