Saida Mirziyoyeva Shayxontohurda yangi istirohat bog‘i hududini ko‘zdan kechirdi

Qayd etilishicha, ko‘l, ko‘kalamzor maydonlar paydo bo‘ladi hamda oilaviy, bolalar bilan dam olish, sayr qilish zonalari tashkil etiladi

Saida Mirziyoyeva Shayxontohurda yangi istirohat bog‘i hududini ko‘zdan kechirdi

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Shayxontohur tumanida barpo etilishi rejalashtirilgan yangi istirohat bog‘i hududini ko‘zdan kechirdi.

Taʼkidlanishicha, bu yerda ko‘l, ko‘kalamzor maydonlar paydo bo‘ladi hamda oilaviy, bolalar bilan dam olish, sayr qilish, sport bilan shug‘ullanish uchun barcha qulayliklar tashkil etiladi.

Toshkentga ko‘proq yashil maskanlar kerak. Ayniqsa, issiq iqlimimiz sharoitida daraxtlar, suv havzalari va soya-salqin joylar aholi turmush sifatiga bevosita ta‘sir ko‘rsatadi, deb yozdi Prezident administratsiyasi rahbari.

Saida Mirziyoyeva bunday maskanlar poytaxtning barcha tumanlarida tashkil etilishi lozimligini qayd etdi.

Shaharda istirohat bog‘larini yanada ko‘paytirish, mavjud yashil hududlarni asrab-avaylash, yangi ekologik toza mavzelarni barpo etish zarur. Toshkentni rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri shu, biz boshlangan ishlarni qat’iy davom ettiramiz, deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Kapital.uz avvalroq adminstratsiya xodimlari bilan ustuvor yo‘nalishlar va yirik loyihalar tahlil qilingani haqida xabar bergandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Davaktiv UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain bo‘yicha tenderlar tez orada boshlashini ma’lum qildi
/
Davaktiv UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain bo‘yicha tenderlar tez orada boshlashini ma’lum qildi
O‘zbekistonda shifokorlarga to‘rt baravar eng kam ish haqi miqdorida ustama to‘lanadi
/
O‘zbekistonda shifokorlarga to‘rt baravar eng kam ish haqi miqdorida ustama to‘lanadi
O‘zbekiston simli internet tezligi bo‘yicha MDH davlatlari orasida birinchi o‘ringa chiqdi
/
O‘zbekiston simli internet tezligi bo‘yicha MDH davlatlari orasida birinchi o‘ringa chiqdi