Saida Mirziyoyeva Qatar Amiri bilan uchrashdi

Uchrashuvda yangi qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish masalalari muhokama qilindi

Saida Mirziyoyeva Qatar Amiri bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yordamchisi Saida Mirziyoyeva Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini Qatar Amiriga yetkazdi.

Tomonlar O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi do‘stona va o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Muloqot chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish va yangi qo‘shma tashabbuslarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida mushtarak manfaatlar mavjud bo‘lib, istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun katta imkoniyatlar bor.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Banklarga o‘z kartalari o‘rtasida operatsiyalarni qayta ishlashga ruxsat berildi
/
Banklarga o‘z kartalari o‘rtasida operatsiyalarni qayta ishlashga ruxsat berildi
O‘zbekistonda yengil avtomobillar ishlab chiqarishi 9,4% ga oshdi
/
O‘zbekistonda yengil avtomobillar ishlab chiqarishi 9,4% ga oshdi
Mikromoliya tashkilotlarda muammoli kreditlar qiymati 500 mlrd so‘mga yaqinlashdi
/
Mikromoliya tashkilotlarda muammoli kreditlar qiymati 500 mlrd so‘mga yaqinlashdi