Saida Mirziyoyeva Ashxobodda Laylo Aliyeva va Oʻgʻuljahon Atabayeva bilan uchrashdi

PA rahbari uchrashuvlar bundan keyin ham faqat yaxshilikka xizmat qilishini istashini qo'shimcha qilgan

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda Laylo Aliyeva va Oʻgʻuljahon Atabayeva bilan uchrashdi

Oʻzbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Ashxobod shahrida Gʻamxoʻrlikka muhtoj bolalarga yordam koʻrsatish xayriya jamgʻarmasi vitse-prezidenti Oʻgʻuljahon Atabayeva hamda Haydar Aliyev jamgʻarmasi vitse-prezidenti Laylo Aliyeva bilan uchrashdi.

Muloqotlarimiz yaxshi anʼanaga aylanib qoldi. Har safar fikr almashganimizda umumiy gʻoyalarimiz boyib, hamkorlikda yangidan-yangi loyihalar yuzaga kelmoqda.

Oʻzbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjonni koʻp asrlik doʻstlik, oʻzaro ishonch va mushtarak qadriyatlar bogʻlab turadi. Uchrashuvlarimiz bundan keyin ham faqat yaxshilikka xizmat qilishini, odamlarga nafi tegadigan ezgu amallarga aylanib, mamlakatlarimizni bir-biriga yanada yaqinlashtirishini istardim, – deya maʼlum qildi Mirziyoyeva Telegram-kanalida.

Foto: Saida Mirziyoyeva Telegram sahifasi

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Qashqadaryoda qayta ishlangan meva-sabzavot eksporti $40 mlnga yetkaziladi
/
Qashqadaryoda qayta ishlangan meva-sabzavot eksporti $40 mlnga yetkaziladi
O‘zbekistondagi 4 mingdan ortiq reklama va peshlavhalarda davlat tili talablariga rioya etilmagan
/
O‘zbekistondagi 4 mingdan ortiq reklama va peshlavhalarda davlat tili talablariga rioya etilmagan
Qashqadaryoda $6 mlrddan ziyod 161 ta loyiha amalga oshiriladi
/
Qashqadaryoda $6 mlrddan ziyod 161 ta loyiha amalga oshiriladi