28.7.2025 | 14:05
Toshkent metrosining 6 bekati 2-avgustdan vaqtincha ishlamaydi
Yo‘lovchilar uchun bekatlar oralig‘ida bepul metrobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi
2-avgustdan boshlab Toshkent metrosining “Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishidagi “Texnopark” — “Yangiobod” bekatlari oralig‘ida metro poyezdlari harakati vaqtincha to‘xtatiladi, deya xabar bermoqda metropoliten matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, quyidagi bekatlarda rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi:
- “Texnopark”;
- “Yashnobod”;
- “Tuzel”;
- “Olmos”;
- “Rohat”;
- “Yangiobod”.
Bu vaqtda yo‘lovchilar uchun “Texnopark — Qipchoq — Texnopark” metro bekatlari oralig‘ida bepul xizmat ko‘rsatuvchi katta sig‘imli avtobuslar (metrobus) harakatini yo‘lga qo‘yadi. Ularning kunlik ish vaqti tongi 05:00 dan tungi 23:00 ga qadar amalga oshiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ