Markaziy bank “Société Générale” va “Hana Bank” vakolatxonalarini akkreditatsiya qildi
Vakolatxonalar O‘zbekiston moliya bozorini o‘rganish, mahalliy tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirish va hamkorlikni kengaytirish bilan shug‘ullanadi
Foto: Kapital.uz
Markaziy bank Fransiyaning “Société Générale” va Janubiy Koreyaning “Hana Bank” banklari vakolatxonalarini O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tkazdi.
Vakolatxonalar faoliyati mamlakat moliya bozorini o‘rganish, davlat organlari, moliya tashkilotlari hamda xususiy sektor vakillari bilan aloqalarni rivojlantirish va hamkorlikni kengaytirishga qaratiladi.
Avvalroq Markaziy bankda “Société Générale” vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Unda bankning O‘zbekiston moliya bozoridagi faoliyati, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, investitsiya muhiti va o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilingan.
“Hana Bank” vakolatxonasi esa bankning O‘zbekistondagi manfaatlarini ifodalaydi. Uning asosiy vazifalari ham mahalliy moliya bozorini o‘rganish va mahalliy tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirishdan iborat.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ