Markaziy bank 1ta bank va 1 ta mikromoliya tashkilotiga sanksiya qo‘lladi

Shuningdek, 2 ta mikromoliya tashkilotiga jarima qo‘llanilgan

Markaziy bank 1ta bank va 1 ta mikromoliya tashkilotiga sanksiya qo‘lladi

Markaziy bank tomonidan dekabr oyida o‘tkazilgan o‘rganish va inspeksiya tekshiruvlari davomida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 1 ta bank, 1 ta lombard va 1 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llanildi. Bu haqda regulyator rasmiy sahifasida ma’lum qildi

Bank nazorati qo‘mitasining tegishli qarorlari bilan “NUR LOMBARD” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi tomonidan lombard faoliyatini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi sababli lombardlar reyestridan chiqarildi.O‘tgan oy davomida Markaziy bank umumiy 37 ta masalani ko‘rib chiqib tegishli qarorlarni qabul qilgan. 

Ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishida 27 ta masala, shu jumladan, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish (7 ta), yangi ochilayotgan mikromoliya tashkilotlarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish (4 ta), kredit tashkilotlarining ustav fondidagi ulushiga egalik qilish uchun ruxsat berish (7 ta), tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari va muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini ko‘rib chiqish (7 ta) kabi masalalar ko‘rildi.

Tijorat banklari, mikromoliya tashkilotlari va to‘lov tashkilotlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklar, jumladan, Markaziy bankning ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlari talablariga, shuningdek, valyuta va tashqi savdo operasiyalarini amalga oshirishda qonunchilik talablariga rioya qilmaganligi uchun 9 ta bank, 2 ta lombard va 1 ta mikromoliya tashkiloti chora va sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.

Shuningdek, qonunbuzarlik holatlari aniqlangani sababli yana 3 ta lombard, 2 ta mikromoliya tashkilotiga jarima qo‘llanilgan. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasi 669 ming so‘m deb belgilandi 
/
O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasi 669 ming so‘m deb belgilandi 
“Toshkent–Andijon” pulli avtomagistrali qurish loyihasi ishlab chiqildi
/
“Toshkent–Andijon” pulli avtomagistrali qurish loyihasi ishlab chiqildi
O‘zbekistonda chegara bo‘yicha elektron navbat va Fast-Track tizimi joriy etiladi
/
O‘zbekistonda chegara bo‘yicha elektron navbat va Fast-Track tizimi joriy etiladi