Malayziyaning “Air Asia X Berhad” aviakompaniyasiga O‘zbekistonga parvoz uchun ruxsat berildi

Parvozlar Kuala–Lumpur —Toshkent — Kuala–Lumpur yo‘nalishida amalga oshiriladi

Malayziyaning “Air Asia X Berhad” aviakompaniyasiga O‘zbekistonga parvoz uchun ruxsat berildi

Malayziyaning “Air Asia X Berhad” aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirishga ruxsat oldi. Bu haqda Fuqarolik aviatsiyasi agentligi ma’lum qildi

“O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi va Malayziya davlati o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitimga asosan 2025-yil 3-fevralda “Air Asia X Berhad” aviakompaniyasiga Kuala–Lumpur —Toshkent — Kuala–Lumpur yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi.

Avvalroq, “Flyadeal” aviakompaniyasi 15-yanvardan Namanganga parvozlarni boshlagani haqida xabar berilgan edi

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Nordwind Airlines Qozondan Toshkentga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni qayta yo‘lga qo‘yadi
/
Nordwind Airlines Qozondan Toshkentga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni qayta yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekistonda aholining inflyatsion kutilmalari minimal darajagacha pasaydi — 10,1%
/
O‘zbekistonda aholining inflyatsion kutilmalari minimal darajagacha pasaydi — 10,1%
O‘zbekistonda xavfsizlik talablarini buzgan yoqilg‘i va gaz shoxobchalari nazoratga olinadi
/
O‘zbekistonda xavfsizlik talablarini buzgan yoqilg‘i va gaz shoxobchalari nazoratga olinadi