Endilikda paxta yetishtirish uchun olingan kreditning bir qismi subsidiya sifatida qaytariladi

Buning uchun kredit uchun hisoblangan foiz to‘lovlarini hosil yilining 31-dekabriga qadar to‘langan bo‘lishi kerak

Endilikda paxta yetishtirish uchun olingan kreditning bir qismi subsidiya sifatida qaytariladi

Ayrim imtiyozli kreditlar bo‘yicha to‘langan foiz to‘lovlarining bir qismi subsidiya sifatida qaytariladi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.

Bu haqdagi nizom paxta xomashyosini yetishtirish uchun Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining kredit resurslari hisobidan ajratilgan imtiyozli kreditlar bo‘yicha to‘langan foiz to‘lovlarining 4% ini subsidiya sifatida qaytarish tartibini belgilaydi.

Subsidiya oluvchi paxta xomashyosini yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlar va hisoblangan foiz to‘lovlarini hosil yilining 31-dekabriga qadar to‘liq qaytargan bo‘lishi kerak.

Arizalar tijorat bankining Bosh ofisi “Subsidiya.mf.uz” portali orqali yuboriladi.

Tijorat banki tomonidan barcha ma’lumotlar “Subsidiya.mf.uz” portaliga to‘liq kiritilib, ariza shakllantirilgandan so‘ng ajratiladigan subsidiya miqdori avtomatik ravishda hisoblab chiqiladi.

Subsidiya oluvchining soliqlar va majburiy to‘lovlardan qarzdorligi bo‘lmaganda, subsidiya mablag‘laridan erkin foydalanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Biznes ovozi eshitildi: jarimalar pasayishi ishlab chiqaruvchilarga turtki beradi
/
Biznes ovozi eshitildi: jarimalar pasayishi ishlab chiqaruvchilarga turtki beradi
O‘zbekistonda suv va ichimliklarni raqamli markirovkalashning ikkinchi bosqichi to‘xtatildi
/
O‘zbekistonda suv va ichimliklarni raqamli markirovkalashning ikkinchi bosqichi to‘xtatildi
OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi
/
OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi