Iyul oyida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozori rekord darajada o‘sdi

Uy joy savdolari iyun oyida nisbatan 25% ga oshib,ularning soni 26 mingtadan oshdi

Iyul oyida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozori rekord darajada o‘sdi

Iyul oyi ko‘chmas mulk bozori uchun so‘nggi ikki yildagi eng faol oylardan biri bo‘lib — uy-joy savdosi hajmi o‘tgan oyga nisbatan 25%, yillik hisobda esa 14,2% ga oshdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Kapital.uzga ma’lum qildi.

Uy-joy shartnomalari soni 26 mingtadan oshib, iyun oyiga nisbatan 25% ga ko‘p. Bu so‘nggi davrlarda kuzatilgan eng yirik oylik o‘sish ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi.

Hududiy dinamika

Iyul oyida O‘zbekistonning barcha hududlarida uy-joy bozorida faollik oshgani kuzatildi.

Faollikning eng sezilarli o‘sishi Surxondaryo (41%), Sirdaryo (35,3%) va Qashqadaryo (33,7%) viloyatlarida qayd etildi.

Toshkent shahrida uy-joy bozori faolligi 24,6%ga o‘sdi.

Ikkillamchi uy-joy bozori

Ikkilamchi bozorda uy-joylarning o‘rtacha bozor qiymati o‘sish sur’ati 1,7%ni tashkil etdi. Yillik hisobda esa narxlar 3,3%ga oshdi.

Hududlar kesimida o‘tgan yilning iyul oyidan buyon uy-joy narxlarida sezilarli o‘sishi Jizzax (15,2%), Surxondaryo (14,1%) va Xorazm (9,6%) viloyatlarida kuzatildi.

Toshkent shahridagi ko‘chmas mulk bozoridagi vaziyat

Poytaxtda ko‘chmas mulk bozorida yillik pasayish tendensiyasi saqlangan holda, narxlarda o‘rtacha o‘sish qayd etildi.

Oy davomida ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi 0,8%ga oshdi. Yillik hisobda o‘tgan yilning iyul oyiga nisbatan ikkilamchi uy-joy narxlari 3,2%ga, birlamchi uy-joylar narxi esa 0,9%ga pasaygan.

Ikkilamchi uy-joylarning eng katta pasayishi Mirzo Ulug‘bek (-8,2%), Yashnobod (-4,5%) va Yunusobod (-4,2%) tumanlarida kuzatildi.

Birlamchi uy-joy narxlarida eng sezilarli pasayishi Uchtepa (-8,8%), Yunusobod (-6,7%) va Shayxontohur (-4,7%) tumanlarida qayd etildi.

Iyul oyida Toshkent shahrida ijara narxlarida barqarorlik kuzatildi. Ijara narxi barqaror saqlanib, bir kvadrat metr uchun $8 ni tashkil etdi.

Poytaxtning Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida ijara narxi nisbatan yuqoriligicha qolmoqda. Ushbu tumanlarda ijara narxi bir kvadrat metr uchun o‘rtacha $10,3.

Yillik hisobda Toshkent shahrida o‘rtacha ijara narxi 2,8%ga pasaydi. Eng sezilarli pasayish Uchtepa, Yashnobod va Mirzo-Ulug‘bek tumanlarida qayd etildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Biznes ovozi eshitildi: jarimalar pasayishi ishlab chiqaruvchilarga turtki beradi
/
Biznes ovozi eshitildi: jarimalar pasayishi ishlab chiqaruvchilarga turtki beradi
O‘zbekistonda suv va ichimliklarni raqamli markirovkalashning ikkinchi bosqichi to‘xtatildi
/
O‘zbekistonda suv va ichimliklarni raqamli markirovkalashning ikkinchi bosqichi to‘xtatildi
OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi
/
OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi