O‘zbekistonda pul massasi 315,7 trln so‘mga yetdi

1-avgust holatiga ko‘ra, muomaladagi naqd pullar 59,9 trln so‘mni tashkil qilmoqda

O‘zbekistonda pul massasi 315,7 trln so‘mga yetdi

O‘zbekistonda jami pul massasi iyulda 3,2 trln so‘mga ko‘payib, 315,7 trln so‘mga yetdi.  Bu haqda Markaziy bank hisobotida qayd etilgan.

1-avgust holatiga ko‘ra, milliy valyutadagi pul massasi esa 2,4 trln so‘mga o‘sib, 252,1 trln so‘mga yetgani qayd etildi.

Tor ma’nodagi pul massasi 118,4 trln so‘mga yetgan bo‘lsa, shundan muomaladagi naqd pullar 59,9 trln so‘mni, milliy valyutadagi depozitlar 58,5 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Shuningdek, so‘mdagi boshqa depozitlar hajmi 133,7 trln so‘m bo‘lgan. Chet elda valyutasidagi depozitlarning so‘mdagi ekvivalenti esa iyun oyiga nisbatan qariyb 1 trlnga oshib, 63,6 trln so‘mga yetgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Biznes ovozi eshitildi: jarimalar pasayishi ishlab chiqaruvchilarga turtki beradi
/
Biznes ovozi eshitildi: jarimalar pasayishi ishlab chiqaruvchilarga turtki beradi
O‘zbekistonda suv va ichimliklarni raqamli markirovkalashning ikkinchi bosqichi to‘xtatildi
/
O‘zbekistonda suv va ichimliklarni raqamli markirovkalashning ikkinchi bosqichi to‘xtatildi
OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi
/
OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi