ITIM O‘zbekistondagi eng faol banklar reytingini e’lon qildi

Yil boshidan buyon banklar foydasi 66,7% ga oshib, depozitlar kreditlardan yuqoriroq o‘smoqda

ITIM O‘zbekistondagi eng faol banklar reytingini e’lon qildi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) 2026-yil II choragi yakunlari bo‘yicha “Banklar faollik indeksi” asosida O‘zbekistondagi tijorat banklarining yangilangan reytingini e’lon qildi.

Tadqiqot 34 ta tijorat bankini qamrab oldi. Ulardan 20 tasi yirik, 14 tasi kichik banklar guruhiga kiritilgan. Reyting moliyaviy vositachilik, moliyaviy ommaboplik, kapital yetarliligi, aktivlar sifati, boshqaruv samaradorligi, daromadlilik va likvidlilikni qamrab oluvchi 27 ta subindikator asosida shakllantirilgan.

2026-yil 1-iyun holatiga bank tizimi aktivlari 984,4 trln so‘mga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19% ga o‘sdi. Majburiyatlar hajmi 18,4% ga oshib, 838,8 trln so‘mni tashkil etdi.

Davlat ulushi mavjud 9 ta bank hissasiga bank tizimi aktivlarining 62,7%i va kredit portfelining 66,1%i to‘g‘ri kelmoqda.

Depozitlar kreditlardan tezroq o‘smoqda

Hisobotga ko‘ra, bir yil davomida kreditlar hajmi 12% ga, depozitlar esa 33% ga oshgan. Xususiy banklarda har 100 so‘mlik kreditga 103 so‘m depozit to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, davlat banklarida bu ko‘rsatkich 57 so‘mni tashkil etgan.

Banklar foydasi 66,7% ga oshdi

2026-yil II choragi yakunida bank tizimining sof foydasi 66,7% ga o‘sib, 8,5 trln so‘mga yetdi. Aktivlar rentabelligi (ROA) 2,4% ga, kapital rentabelligi (ROE) esa 14,5% ga ko‘tarildi.

Muammoli kreditlar ulushi 4,1% dan 3,7% gacha kamaygan. Shuningdek, xorijiy valyutadagi kreditlar ulushi 41% dan 39% ga, depozitlar ulushi esa 24% dan 19% ga qisqargan.

Yirik banklar reytingida yetakchilar o‘zgarmadi

Yirik banklar orasida birinchi uchlik o‘zgarishsiz qoldi:

  • Kapitalbank — 1-o‘rin;
  • Hamkorbank — 2-o‘rin;
  • Aziya Alyans Bank — 3-o‘rin.

Eng katta ijobiy o‘sishni Ipotekabank qayd etib, to‘rt pog‘onaga yuqoriladi va 7-o‘rinni egalladi. Davrbank hamda Infinbank uch pog‘onadan ko‘tarildi.

Aksincha, Ipak Yo‘li Bank to‘rt pog‘onaga pasaydi. Anor Bank, Xalq banki va Tenge Bank esa uch pog‘onadan quyi o‘ringa tushdi.

Kichik banklar orasida TBC Bank yetakchiligini saqlab qoldi

Kichik banklar reytingida ham yetakchilar almashmadi:

  • TBC Bank — 1-o‘rin;
  • Universal Bank — 2-o‘rin;
  • AVO Bank — 3-o‘rin.

Oktobank uch pog‘onaga ko‘tarilib, 6-o‘rinni egalladi. Hayot Bank, O‘zKDB Bank, Soderot Bank, Madad Invest Bank, Open Bank va Uzum Bank reytingdagi o‘rnini bir pog‘onaga yaxshiladi.

Eng katta pasayish Garant Bankda kuzatilib, u to‘rt pog‘onaga tushdi. Poytaxt Bank uch pog‘ona, Apeks Bank va Ziraat Bank esa bir pog‘onadan pastladi.

ETIM qayd etishicha, ayrim banklarda aktivlar sifati, likvidlilik, moliyaviy vositachilik va boshqaruv samaradorligi reytingdagi o‘ringa ta’sir etuvchi asosiy omillardan bo‘lib qolmoqda. Shu bilan birga, moliyaviy ommaboplik va kapital yetarliligi ko‘rsatkichlaridagi ijobiy dinamika bank tizimining barqaror rivojlanayotganini ko‘rsatmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank huzurida Islom moliyasi kengashi tashkil etildi
/
Markaziy bank huzurida Islom moliyasi kengashi tashkil etildi
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun oshmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun oshmoqda
XDP Toshkentdagi pullik avtoturargohlar uchun jarima joriy etilishiga qarshi chiqdi
/
XDP Toshkentdagi pullik avtoturargohlar uchun jarima joriy etilishiga qarshi chiqdi