Apple iPhone 18 Pro va Pro Max narxlarini 100 ga oshirdi

Yangi iPhone 18 Pro $1200, Pro Max esa $1300dan sotuvga chiqariladi, smartfonlar 18-sentabrdan sotuvga chiqadi

Apple iPhone 18 Pro va Pro Max narxlarini 100 ga oshirdi

Apple iPhone 18 seriyasining yangi Pro va Pro Max modellarini taqdim etdi. Kompaniya yangi smartfonlarning narxini avvalgi avlodga nisbatan $100ga oshirdi.

iPhone 18 Pro modeli $1200, iPhone 18 Pro Max esa $1300dan sotiladi. Yangi qurilmalar 18-sentabrdan savdoga chiqariladi.

Smartfonlar burgund, kulrang, qora va havo ranglarda taqdim etildi.

A20 chipi va sun’iy intellekt imkoniyatlari

iPhone 18 Pro va Pro Max yangi A20 chipi bilan jihozlangan. U 2 nanometrli texnologiya asosida ishlab chiqarilgan bo‘lib, 6 yadroli markaziy protsessor, 7 yadroli grafik protsessor va 32 yadroli yangi neyron dvigatelga ega.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, chipning ma’lumotlarni uzatish qobiliyati 50% ga oshirilgan. Shuningdek, Siri’ning sun’iy intellekt imkoniyatlari va kontekstni tushunish funksiyalari takomillashtirilgan.

Grafik unumdorlik 40% ga yaxshilangan. Qurilmalarda issiqlikni samaraliroq tarqatish uchun sovutish tizimi ham qayta ishlab chiqilgan.

Kamera imkoniyatlari kengaytirildi

iPhone 18 Pro va Pro Max’ning 48 megapikselli asosiy kamerasi harakatlanuvchi diafragmaga ega bo‘ldi. U yorug‘lik miqdoriga qarab avtomatik ravishda ochilishi yoki torayishi mumkin.

Kamera orqali videolarni soniyasiga 24 kadr tezlikda kinomatografik formatda suratga olish, shuningdek, har bir kadrning ekspozitsiya vaqtini o‘zgartirish imkoniyati paydo bo‘lgan. Qurilmalarga kuzatuvchi fokus funksiyasi ham qo‘shilgan.

“Camera” ilovasida qo‘lda sozlash imkoniyatlari kengaytirildi. Portret rejimida esa fotostillar yordamida teri teksturasi, kontrast va boshqa parametrlarni o‘zgartirish mumkin.

Batareya va boshqa yangilanishlar

iPhone 18 Pro bir quvvatlashda bir sutkagacha, iPhone 18 Pro Max esa 36 soatgacha ishlashi mumkin. Tezkor quvvatlash funksiyasi orqali smartfonni 15 daqiqada 50% gacha quvvatlash imkoniyati mavjud.

Shuningdek, iPhone Handoff funksiyasi orqali bitta telefon raqamidan ikki smartfonda foydalanish imkoniyati qo‘shildi. Dynamic Island ham kichraytirilib, bir vaqtning o‘zida uchta ilovani ko‘rsatishi mumkin bo‘ldi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Apple yangi AirPods 5 narxini $50 ga pasaytirdi
/
Apple yangi AirPods 5 narxini $50 ga pasaytirdi
O‘zbekistonga qaytgan mehnat migrantlariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant ajratiladi
/
O‘zbekistonga qaytgan mehnat migrantlariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant ajratiladi
O‘zbekistonda dollar kursi ikki kunlik o‘sishdan so‘ng pasaydi
/
O‘zbekistonda dollar kursi ikki kunlik o‘sishdan so‘ng pasaydi