Apple yangi AirPods 5 narxini $50 ga pasaytirdi

Yangi modelning shovqinni bostirish funksiyasiga ega versiyasi $129 ni tashkil qilmoqda

Apple yangi AirPods 5 narxini $50 ga pasaytirdi

Apple 9-sentabrdagi taqdimotida yangi AirPods 5 naushniklarini taqdim etdi. Qurilmalar yangilangan texnik ta’minot, takomillashtirilgan ovoz profili va moslashuvchan ekvalayzer bilan jihozlangan.

Yangi modelda shovqinni faol bostirish funksiyasi ham paydo bo‘ldi. Kompaniyaga ko‘ra, uning samaradorligi avvalgi avlodga nisbatan 50% ga oshirilgan va bu funksiya endi boshlang‘ich versiyada ham mavjud.

AirPods 5 chang va namlikdan IP57 standarti bo‘yicha himoyalangan. Shovqinni bostirish funksiyasi yoqilgan holatda naushniklar besh soatgacha ishlashi mumkin.

Yuqori versiya sensorli oyoqchalari va simsiz quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydigan keys bilan farqlanadi. Bazaviy versiyani esa sim orqali quvvatlash kerak bo‘ladi.

AirPods 5 narxi oshmagan, aksincha, pasaygan. Shovqinni bostirish funksiyasiga ega versiya $129dan, simsiz quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydigan keysli versiya esa $149dan sotiladi.

Kapital.uz avvalroq yangilangan iPhone 18 modellarini narxlari haqida xabar bergandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Apple $2000 qiymatidagi buklanadigan iPhone Duo’ni taqdim etdi
/
Apple $2000 qiymatidagi buklanadigan iPhone Duo’ni taqdim etdi
Apple iPhone 18 Pro va Pro Max narxlarini 100 ga oshirdi
/
Apple iPhone 18 Pro va Pro Max narxlarini 100 ga oshirdi
O‘zbekistonga qaytgan mehnat migrantlariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant ajratiladi
/
O‘zbekistonga qaytgan mehnat migrantlariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant ajratiladi