IndiGo aviakompaniyasi Toshkentga parvozlarni 7-maygacha to‘xtatdi

Bunga sabab sifatida Pokiston havo hududi yopilishi keltirilgan

IndiGo aviakompaniyasi Toshkentga parvozlarni 7-maygacha to‘xtatdi

IndiGo Pokiston havo hududining hind aviatashuvchilari uchun yopilishi sababli Dehli-Toshkent va Dehli-Olmaota reyslarini kamida 2025-yil 7-maygacha to‘xtatdi

Qayd etilishicha, Pokiston havo hududining yopilishi tufayli IndiGo tomonidan amalga oshiriladigan 50 ga yaqin xalqaro yo‘nalish uzunroq uchastkalarni talab qiladi va shuning uchun jadvalga ba’zi kichik o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

“Shu cheklovlar va yo‘nalishni o‘zgartirish imkoniyatlarining cheklanganligi sababli, afsuski, Olmaota va Toshkent hozirgi IndiGo parkining operatsion diapazonidan tashqarida qolmoqda. Shu sababli, Olmaotaga 27-apreldan kamida 7-maygacha, Toshkentga esa 2025-yil 28-apreldan 7-maygacha parvozlar bekor qilindi”, — deyiladi IndiGo bayonotida.

MDHdagi IndiGo yo‘nalishlari uzunroq yo‘nalish tufayli 80−90 daqiqa ko‘proq vaqt olishi kutilmoqda. Parvoz vaqtining uzayishi natijasida, ba’zi yo‘nalishlar endi kompaniyaning hozirgi Airbus A320 oilasi samolyotlari parki imkoniyatlaridan tashqariga chiqib ketdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yoqilg‘i quyish shoxobchalarining besh kunlik naqdsiz tushumlari 540 mlrd so‘mdan oshdi
/
Yoqilg‘i quyish shoxobchalarining besh kunlik naqdsiz tushumlari 540 mlrd so‘mdan oshdi
O‘zbekistonda biznesni noqonuniy tekshiruvlardan himoya qilish kuchaytiriladi
/
O‘zbekistonda biznesni noqonuniy tekshiruvlardan himoya qilish kuchaytiriladi
Quruvchilar uchun yer solig‘ini hisoblash muddatlari o‘zgartirilishi mumkin
/
Quruvchilar uchun yer solig‘ini hisoblash muddatlari o‘zgartirilishi mumkin