Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi ayrim oilalarga ichimlik suvi uchun subsidiya beriladi

Mablag‘lar kambag‘al oilalar reyestriga kiritilganlarga artezian qudug‘i qazish, suv nasoslari va ichimlik suvi filtrlarini xarid qilish uchun ajratiladi

Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi ayrim oilalarga ichimlik suvi uchun subsidiya beriladi

14-avgust kuni Hukumat qarori bilan “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim toifadagi oilalarni ichimlik suvi bilan ta’minlash xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Nizom Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazmda yashovchi Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga quyidagi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibini belgilaydi:

  • turar joyida artezian qudug‘i qazish;
  • suv nasoslari va ichimlik suvi filtrlarini xarid qilish hamda o‘rnatish.

Subsidiya mazkur xarajatlarning 90%i, biroq BHMning 30 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun ajratiladi.

Ushbu xizmatlar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimining Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi tadbirkorlik subyektlari reyestriga kiritilgan tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladi.

Subsidiya oluvchilarning voyaga yetgan muomalaga layoqatli a’zosi yoki qonuniy vakili “Inson” markazlariga borgan holda yoki mahalladagi ijtimoiy xodimlarga murojaat qilish orqali “YAMIH” ATda ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Bunda “Inson” markazi xodimi yoki ijtimoiy xodim subsidiya oluvchilarning voyaga yetgan muomalaga layoqatli a’zosi yoki uning qonuniy vakili nomidan “YAMIH” ATda ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha so‘rov yuboradi.

Tadbirkor belgilangan muddatda subsidiya oluvchilarning turar joyiga yetib borishi hamda artezian qudug‘ini qazishi, suv nasosi va ichimlik suv filtrini o‘rnatishi lozim.

Ishchi guruh tomonidan subsidiya ajratish ma’qullangani yoki rad etilgani to‘g‘risidagi xabar “YAMIH” ATga avtomatik ravishda yuboriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Biznes ovozi eshitildi: jarimalar pasayishi ishlab chiqaruvchilarga turtki beradi
/
Biznes ovozi eshitildi: jarimalar pasayishi ishlab chiqaruvchilarga turtki beradi
O‘zbekistonda suv va ichimliklarni raqamli markirovkalashning ikkinchi bosqichi to‘xtatildi
/
O‘zbekistonda suv va ichimliklarni raqamli markirovkalashning ikkinchi bosqichi to‘xtatildi
OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi
/
OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi