O‘zbekistonda Litvaning yuk transporti haydovchilari va mexaniklarini tayyorlovchi o‘quv markazi ochiladi

Birinchi bosqichda 200 nafar fuqarolarni o‘qitilishi rejalashtirilgan

O‘zbekistonda Litvaning yuk transporti haydovchilari va mexaniklarini tayyorlovchi o‘quv markazi ochiladi

Migratsiya agentligi Litvada tashkiliy tartibda ishga joylashtirish ko‘lamini oshirishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzoladi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda

Xabarda aytilishicha, Litva “Sanoatchilar konfederatsiyasi” a’zolari bilan hamkorlikda O‘zbekistonda Konfederatsiya tarkibiga kiruvchi “GIRTEKA” va “TVG Groupe” kompaniyalari bilan hamkorlikda yuk transporti haydovchilari va mexaniklarini tayyorlovchi o‘quv markazlari tashkil etiladi.

Birinchi bosqichda 200 nafar o‘zbekistonlikni o‘qitish va ularni Litvadagi bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish rejalashtirilgan.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, “GIRTEKA” kompaniyasida 4000 ta yuk mashinasidan iborat avtopark mavjud, “TVG Groupe” esa 800 ta yuk mashinasiga ega.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Nordwind Airlines Qozondan Toshkentga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni qayta yo‘lga qo‘yadi
/
Nordwind Airlines Qozondan Toshkentga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni qayta yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekistonda aholining inflyatsion kutilmalari minimal darajagacha pasaydi — 10,1%
/
O‘zbekistonda aholining inflyatsion kutilmalari minimal darajagacha pasaydi — 10,1%
O‘zbekistonda xavfsizlik talablarini buzgan yoqilg‘i va gaz shoxobchalari nazoratga olinadi
/
O‘zbekistonda xavfsizlik talablarini buzgan yoqilg‘i va gaz shoxobchalari nazoratga olinadi