2026-yilda Oʻzbekistonda yaroqlilik muddati oʻtgan tovar savdosi avtomatik cheklanadi

Bunda raqamli markirovkalangan muddati oʻtgan tovarlarga nazorat-kassa texnikalarida xarid cheki chiqarilmaydi

2026-yilda Oʻzbekistonda yaroqlilik muddati oʻtgan tovar savdosi avtomatik cheklanadi

2025-yil 6-oktyabr kuni “Isteʼmolchilar huquqlarini samarali himoya qilishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi. Hujjat asosida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish tizimi yanada takomillashtiriladi.

Qarorga koʻra, 2026-yil 1-martdan boshlab raqamli markirovka tizimi joriy qilingan tovarlarning yaroqlilik muddati oʻtgan boʻlsa, ularning savdosi ushbu tizim orqali avtomatik ravishda cheklanadi. Bunda raqamli markirovkalangan muddati oʻtgan tovarlarga nazorat-kassa texnikalarida xarid cheki chiqarilmaydi.

2025-yil 15-oktabrdan 2027-yil 1-yanvargacha tajriba tariqasida nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan isteʼmolchilarning murojaatlarini koʻrib chiqish hamda “sirli mijoz” va nazorat xaridi tadbirlarini oʻtkazish tartibi joriy etiladi.

Isteʼmolchilarning murojaatlarini koʻrib chiqish samaradorligini oshirish maqsadida 2025-yil 1-dekabrdan boshlab “isteʼmolchi–tadbirkor–nodavlat notijorat tashkilotlar–davlat organlari” tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yaponiya O‘zbekistondan gaz, neft va minerallar importini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda
/
Yaponiya O‘zbekistondan gaz, neft va minerallar importini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda
Toshkent aeroportidagi avtoturargohlarni ijaraga berish boshlandi
/
Toshkent aeroportidagi avtoturargohlarni ijaraga berish boshlandi
O‘zbekiston GIZ bilan 9 mln yevrolik grant jalb qilish bo‘yicha kelishuv imzoladi
/
O‘zbekiston GIZ bilan 9 mln yevrolik grant jalb qilish bo‘yicha kelishuv imzoladi