“Bildirsoy oromgohi”dagi eski binolar buzilayotganiga nisbatan rasmiy munosabat bildirildi
Ayni hudud “Ulkan Mulk” MCHJ tomonidan 107 mlrd soʻmga sotib olingan
Bo‘stonliq tumani hokimligi Bildirsoy dam olish maskanidagi eski binolar buzilib oʻrniga togʻ kurorti va dam olish maskani qurilayotganiga nisbatan rasmiy munosabat bildirdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan 2022-yilda “Ulkan Mulk” MCHJ “Bildirsoy oromgohi” dam olish maskani, kanat yoʻli qurish uchun ommaviy savdolar orqali 107 mlrd soʻmga sotib olgan.
Ayni damda “Ulkan Mulk” MCHJ tomonidan zamonaviy, jahon standartlariga javob beradigan besh yulduzli mehmonxona, “Tog‘ kurorti va dam olish maskani” loyihasini amalga oshirish maqsadida eski binolar buzilib qurilish ishlari amalga oshirilayotgani ma’lum qilingan.
Mazkur loyihaga birinchi bosqichda $4,5 mln investitsiya kiritish rejalashtirilgan. Shuningdek, 2,5 kmlik dor yoʻli qurish ham koʻzda tutilgan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ