O‘zbekiston eng kam ish haqi miqdori bo‘yicha 111-o‘rinni egalladi
Mamlakatda yiliga $1,041, soatiga esa 50 sent to‘lanadi
O‘zbekiston eng kam ish haqi miqdori bo‘yicha 154 ta mamlakat ichida 111-o‘rinni egalladi. Reyting “World Population Review” tomonidan e’lon qildi.
Ro‘yxatda mamlakatlarning yillik hamda soatlik eng kam ish haqi miqdori AQSH dollari ko‘rinishida hisoblab chiqilgan. Xususan, o‘zbekistonliklar yiliga $1,041, soatiga esa 50 sent ishlab topadi.
Avstraliya yiliga $35,515, soatiga esa $17,47 miqdoridagi eng kam ish haqi bilan eng yuqori o‘rinni egallagan.
Keyingi o‘rinni esa Yangi Zelandiya egallagan. Ushbu mamlakatda yiliga $33,487, soatiga esa $16,10 eng kam ish haqi to‘lanadi.
Uchinchi o‘rinni Lyuksemburg yiliga $32,103, soatiga $15,43 bilan egallagan.
Markaziy Osiyo mamlakatlaridan Qirg‘iziston yiliga $162, soatiga esa $0,08 bilan 148-o‘rindan joy olgan. Tojikiston yiliga $265, soatiga $0,13 bilan 143-o‘rinni egallagan. Mintaqada eng yaxshi natijani Qozog‘iston qayd etgan. U yerda eng kam ish haqi yiliga $1,972, soatiga $0,95 ga teng.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ