Alibaba Cloud O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

Hozirda O‘zbekistonda 65 ta xorijiy internet-kompaniyalar ro‘yxatdan o‘tgan

Alibaba Cloud O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

28-yanvar kuni Alibaba Cloud (Singapore) Private Limited kompaniyasi tax.uz QQS-ofisi orqali O‘zbekistonda elektron xizmatlar uchun QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.

O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatgan taqdirda QQS to‘lashi shart. Hozirda mamlakatda 65 ta shunday kompaniya ro‘yxatga olingan.

2009-yilda asos solingan Alibaba Cloud bulutli hisoblash va sun’iy intellekt texnologiyalari bo‘yicha yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. U butun dunyo bo‘ylab 200 dan ortiq mamlakat va hududlarda korxonalar, dasturchilar va davlat tashkilotlariga xizmat ko‘rsatadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

JICA investitsiyalari fonida Toshkent IEM elektr energiyaishlab chiqarishni oshirdi
/
JICA investitsiyalari fonida Toshkent IEM elektr energiyaishlab chiqarishni oshirdi
Navoiy va Toshkent viloyatlarida elektr energiyasini saqlash majmualari barpo etiladi
/
Navoiy va Toshkent viloyatlarida elektr energiyasini saqlash majmualari barpo etiladi
O‘zbekiston va JBIC $10 mlrddan ortiq loyihalarni amalga oshiradi
/
O‘zbekiston va JBIC $10 mlrddan ortiq loyihalarni amalga oshiradi