“Biznesni rivojlantirish banki” ATBning yil yakunlari bo‘yicha uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Mijozlar qulaylik yaratish maqsadida bank tomonidan “Data Warehouse” tizimi ishga tushirilgan

“Biznesni rivojlantirish banki” ATBning yil yakunlari bo‘yicha uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

2024-yilning 27-dekabr kuni poytaxtdagi “Impulse event zone” tadbirlar zalida “BRB do‘stlari” muloqot klubining “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning joriy yildagi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan navbatdagi tadbiri tashkil etildi.

Unda bank rahbariyati, jurnalistlar, blogerlar va jamoatchilik faollari ishtirok etdi.Bank tomonidan nihoyasiga yetayotgan yilda ham barcha yo‘nalishlarda mijozlar uchun qulaylik yaratish, faoliyatga ilg‘or, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish ustida muntazam izlanishlar olib borildi. “Data Warehouse” (DWH) mazkur yo‘nalishdagi faoliyatning navbatdagi natijasidir. Bu katta hajmdagi maʼlumotlarni integratsiya va tahlil qilish uchun moʼljallangan tizimdir.Bu tizim orqali ichki va tashqi manbaalardagi ma’lumotlarni integratsiya qilish, tendentsiyalarni tahlil qilish va prognozlash, katta hajmdagi ma’lumotlarni qisqa fursatda analiz qilish va qayta ishlash, istiqboldagi vazifalarni aniq rejalashtirish kabi muhim funksiyalarni amalaga oshirish mumkin bo‘ladi.

Shu bilan birga, mijozlarni segmentlash, tadbirkorlarga yanada qulaylik yaratish, iqtisodiyoti va g‘aznasini, pul oqimi, buxgalteriya va soliq hisobotlarini boshqarish jarayonlarini soddalashtiradi. Bankda yaratiladigan ma’lumotlar bazasi esa, sotuvlarni oshirish imkoniyatini yaxshilaydi.

Tezlik, hisobot, sifat tushunchalari mazkur tizim faoliyatining asosini tashkil etadi. Tadbir ishtirokchilariga ushbu tizim haqidagi batafsil taqdimot o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, “BRB do‘stlari” loyihasi bankning jamoatchilik bilan doimiy muloqot platformasi bo‘lib, unda jamoatchilikka “Biznesni rivojlantirish banki” ATB faoliyatiga doir axborotlar beriladi, bank faoliyatini takomillashtirishga doir taklif-tavsiyalar ilgari suriladi va turli muhokamalar tashkil etiladi.

Tadbir samimiy muloqot ruhida o‘tdi. Jurnalistlar, blogerlar va jamoatchilik vakillari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar va taqdimotlar yuzasidan o‘z taklif, fikrlarini bildirishdi.

“BRB do‘stlari” klubi doirasidagi bunday noan’anaviy muloqotlar muntazam o‘tkazib boriladi.

Reklama huquqlari asosida

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Smart bank” Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi qachon о‘tkazilishi ma’lum bо‘ldi
/
“Smart bank” Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi qachon о‘tkazilishi ma’lum bо‘ldi
Uzbekistan Business Awards: yuksak e’tirof ifodasi
/
Uzbekistan Business Awards: yuksak e’tirof ifodasi
“Davr Business” — yuridik mijozlar uchun Oʻzbekistondagi ilk onlayn ekosistema
/
“Davr Business” — yuridik mijozlar uchun Oʻzbekistondagi ilk onlayn ekosistema